Valverdening “Barselona”dan qachon ketishi aniq bo'ldi
11 jan 2020 01:20
Yangiliklar
Valverdening “Barselona”dan qachon ketishi aniq bo'ldi
Ispaniyalik jurnalist Gonsalo Mironing xabar berishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde mavsum yakunlangach, jamoani tark etadi.
“Valverde “Barselona” bilan kelishuviga iyun oyida nuqta qo'yadi. Murabbiy va klub bu borada aniq to'xtamga kelishdi”, deya jurnalistning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda El Golazo De Gol nashri.
Valverde 2017 yilning yozida “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning qo'l ostida jamoa hozirgacha to'rtta sovrinni qo'lga kiritdi: ikki bor La ligada, shuningdek mamlakat kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi. 55 yoshlik mutaxassisning amaldagi shartnomasi joriy yilning yoziga nihoyasiga etadi. Murabbiy bungacha “Atletik”, “Espanol”, “Olimpiakos”, “Vilyarreal” va “Valensiya” jamoalarini boshqargan.
Fikrlar