Valverde: "Suares bilan hammasi joyida"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 19:15
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa hujumchisi, so'nggi 8ta bahsda 1ta gol urga Luis Suares o'yini haqida fikr bildirdi.

"Suares bilan hammasi joyida. Ushbu hujumchisiz bizga qiyin, chunki u bizga har bir bahsda golli vaziyatlar yaratib beradi.

Undagi vaziyat juda ajoyib. Suares gol urmasa, ko'plab savollar berishadi, keyin esa u gollarni qalashtirib tashlaydi.

U "Barselona" tarixidagi beshinchi to'purar. Luis yana gollar ura boshlaydi, bunga ishonaman" - deydi murabbiy.

"Sevilya" - "Barselona" uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 20:15da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Vanguardia