Valverde Rakitich kelasi mavsumni zaxirada o'tkazishiga shama qildi

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2019, 23:50
Barselona bosh murabbiyi Ernesto Valverde xorvatiyalik xabek Ivan Rakitich haqida gapirdi.

“Rakitich Barselona uchun kerakli futbolchi bo'lgan. Bilmadim, kelasi mavsumda ham shunday bo'ladimi. Hozir yangi futbolchilar kelgan va Rakitich asosiy tarkibdan o'rin olishi uchun harakat qilishi kerak. Vaqt o'tmoqda, barchasi o'zgarishi mumkin”, – deydi 55 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz,  31 yoshli Rakitich 2014 yili Sevilyadan kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan. Ushbu transferlar oynasida esa u jamoani tark etib, Interga o'tishi kabi gap-so'zlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Vanguardia