Valverde Messining jarohati haqida: "Mashg'ulotlarni kutish va o'zini qanday his etayotganini ko'rish kerak"
06 noy 2018 00:01
Yangiliklar


Valverde Messining jarohati haqida: "Mashg'ulotlarni kutish va o'zini qanday his etayotganini ko'rish kerak"
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde ECHLda "Inter"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
"O'ylaymanki, "Inter" tajovuzkor bosim uyushtiradi. CHunki ular o'z uyida, muhlislari qarshisida to'p surishadi. Uchrashuvni kuchli o'tkazishadi va yuqori bosim, ustunlik qilish orqali ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonib kelishmoqda. Bu jihat "neradzurrilar" uchun ushbu mavsumda muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi".
"Og'ir bahs bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. "Inter" hozir ajofib formada. Messi? Uning mashg'ulotlarini kutishimiz kerak. Leoda hammasi joyida ekanligini bilishimiz, o'zini qanday his etayotganligini ko'rishimiz lozim. Raqib jamoa tarkibida Ikardi va Nainggolanni to'xtatib qolish uchun barcha choralarni qo'llaymiz", - deya Valverdening so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar