Valverde: "Mening uzoq muddatli maqsadim – "Real" sardori bo'lish"
04 noy 2022 18:16
Yangiliklar
Valverde: "Mening uzoq muddatli maqsadim – "Real" sardori bo'lish"
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde kelajakda "qirollik klubi" sardori bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli urugvaylik ushbu mavsum barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi hamda 4 ta golga pas uzatdi.
"Mening uzoq muddatli maqsadim – "Real" sardori bo'lish. Bu kam sonli o'yinchilarga nasib etadigan meros", – dedi Valverde.
Valverde bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan garov bog'lagan. Agar urugvaylik futbolchi bir mavsumda La Ligada kamida 10 ta gol ura olmasa, italiyalik murabbiylik faoliyatini yakunlaydi. Hozirda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida allaqachon 6 ta gol urdi – bu avvalgi 4 mavsumdagidan ko'p.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar