Valverde mag'lubiyatning sababini aytdi
24 jan 2019 13:42
Yangiliklar
Valverde mag'lubiyatning sababini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogining 1/4 finali doirasida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tanaffusga qadar biz o'yinni nazorat qildik, biroq ikkinchi bo'limda ishlarimiz o'xshamadi. "Sevilya" ajoyib natijaga erishdi. Javob bahsida tashabbusni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qilamiz.
Ushbu turnir bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun maksimal kuchimizni sarflaymiz. Ha, Boatengni asosiy tarkibga qo'yib, katta xavfga qo'l urdim. Ammo vaziyat shuni taqozo qilayotgandi.
Messining o'ynamagani? Bundan achinmayman. SHunday qilib, Messiga dam berishim kerak edi", - dedi Valverde.
Javob o'yini 30 yanvar kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar