Valverde: “Koutino asosiy tarkib uchun kurashishi lozim”

11 yanv 2019, 07:55
“Barselona” bosh murabbiyi Ispaniya kubogi 1/8 finali dastlabki o'yinida “Levante”ga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Dembeleni maydonda tushirmagan vaqtimda hamma u haqida so'radi. Endi esa u maydonda, Koutino esa yo'q. Hammasi esa teskari aylanmoqda. Futbolchilar holatni o'zgartirish uchun ishlashi lozim. U norozi, biroq asosiy tarkib uchun kurashishi kerak. Ammo Koutino bizga ko'p narsa bermoqda va kelajakda ham shunday bo'ladi. Xuddi shu narsani Dembele haqida ham aytishim mumkin”,-deydi Valverde.

Ma'lumot uchun, Ispaniya kubogining 1/8 finali javob uchrashuvi 17 yanvar kuni “Kamp Nou” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS