Valverde: "Futbol matematika emas"
07 okt 2018 17:28
Yangiliklar
Valverde: "Futbol matematika emas"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Valensiya"ga qarshi bahsdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alaba hech nimani o'zgartirmaydi, biz o'z rejalarimini inkor qilmaymiz. "Valensiya" qanday jamoa ekanligini ham, ularning stadionida qanday atmosfera hukmron bo'lishini ham yaxshi bilamiz. "Valensiya" ECHLda shunchaki o'yinlarni o'tkazmayapti. Ular ushbu turnir saviyasidagi jamoa.
Futbol - matematika emas. Bunda xato qilasan, pastga sho'ng'iysan. Biz har doim g'oliblikni maqsad qilamiz. ECHLdagi ritm esa boshqacha, Messi ham bugun "Tottenxem"ga qaraganda boshqacharoq o'yin ko'rsatadi. Ammo u barcha bahslarga bir xil kayfiyatda tayyorlanadi. Hozircha asosiy tarkib qanday bo'lishini bilmayman. Ammo jangovor tarkibda o'ynashimiz aniq", - dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar