Valverde "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi
22 okt 2018 19:44
Yangiliklar
Valverde "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Barselona" klubi bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi.
Bu haqda klub prezidenti Xosep Bartomeu xabar berdi.
"Valverdening shartnomasi bu mavsum ham, keyingisida ham amal qiladi. U yoki klub kompensaciya to'lagan holda kelishuvni bekor qilishi mumkin. Lekin, uning shartnomasi 2019-2020 yilgi mavsumning oxiriga qadar amalda bo'ladi. Ernesto o'z ishini uddalamoqda. Birinchi mavsum ajoyib bo'ldi, "Roma"dan mag'lubiyat uni buzib qo'ydi. Lekin, biz Valverdening ishidan qoniqdik. Bizda ajoyib o'yinchilar va yaxshi jamoa bor. U aqlli murabbiy", - deya Bartomeuning so'zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Valverdening shartnomasi 2019 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi. Bartomeuning so'zlariga ko'ra, klub uni yana bir yilga uzaytirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar