So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  11 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

Valijon SHamshiev: “Xitoy va Janubiy Koreya futbolchilari kinolarda kuchli bo'ladi” Yangiliklar

Valijon SHamshiev: “Xitoy va Janubiy Koreya futbolchilari kinolarda kuchli bo'ladi”

Bir necha yildan beri sportning Karate turibi bilan shug'ullanib kelayotgan Valijon SHamshiev bir qancha musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Sportchi, so'z ustasi, aktyor Valijon SHamshiev Toshkentning “Obod” jamoasida to'p tepganidan xabaringiz bo'lsa kerak. So'z ustasi Valijon aka bilan “Obod” jamoasidagi faoliyati va o'zbek futboli haqida suhbatlashdik.

-  O'z vaqtida “Obod” jamoasi safida to'p tepgansiz. Ushbu klubdan ketishingizga nima sabab bo'lgan?

-  Ushbu jamoaga nom berilishida o'zimning hissamni qo'shganman desam xato bo'lmaydi. CHunki ushbu klub “Obod turmush yili”da tashkil etilgan. “Obod” jamoasini tashkil qilgan insonlar bilan birga futbol o'ynab turar edik. Klubda murabbiy bo'lib faoliyat olib borgan Farhod Safar o'sha paytda (jamoa tashkil etilmasidan oldin) bir taklif bildirib qoldi. Yani shahar chempionatida ikkinchi liga jamoasini tashkil etish fikrlarini bildirgandi. Ikkinchi ligada “Obod” jamoasi tarkibida biroz vaqt to'p tepganman. Xattoki bu yil ham jamoa safiga qo'shilib oliy ligada to'p tepmoqchi bo'ldim. Qishki yig'inlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlar o'tkazdim. Afsuski sanatkor bo'lganimiz uchun, ko'p joylarda xizmat safari bilan band bo'lishimiz tufayli qo'shila olmadim. Lekin doim jamoa bilan birgaman.


-  Ayni damda jamoa qiyin ahvolga tushib qolgan. Klubning taqdiri haqida nima deya olasiz?

-  Bir kuni Zomin sihatgohiga xizmat safari bilan ketayotgan edim. Bir payt yo'l chekasida tanif sportchilarga ko'zim tushib qoldi. Adashmasam “So'g'diyona” klubi futbolchilari edi. Mashinamni chetga olib to'xtadim. Futbolchilarni orasida “Obod”da to'p tepgan 3-4 nafar yigitlarni ko'rib qoldim. Avvaliga “Obod” jamoasi shu erdamikan deb o'yladim. Davlat tadbirlarida ish bilan yurganim uchun oliy ligadagi o'zgarinlardan bexabar edim. Ana shu erda jamoaning tarqalib ketganini eshitib juda ham g'alati holatga tushib qoldim. Futbolchilarimiz xazillashib “Valijon aka o'zingiz jaoaga bosh bo'ling, “Obod” jamoasini saqlab qolaylik” deyishgandi. Haqiqatdan ham to'g'ri aytdingiz, jamoa og'ir ahvolda. Klub tashkil etilganidan so'ng o'sha jamoa qay darajada o'ynay oladi yoki bo'lmasam o'ynay olmaydi o'ziga yarasha muxlislari paydo bo'lar ekan. sanat jamoalarida ham sport jamoalarida ham. Klubning tarqalgani haqida hech kim bilan suhbatlashaolganim yo'q. SHu narsa bo'lishi kerak ekan bo'ldi. Balki biroz vaqt o'tib yanada kuchliroq jamoa tashkil etilar. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

-  Bilishimcha siz hujum chizig'ida to'p tepgansiz. Lekin sizning bo'yingiz biroz pastligi havodagi kurashlarda sizga xalaqit qilmaganmi?

-  Futbolda ko'pchilik bo'yni gapirishadi. Messining bo'yi mendan biroz baland bo'lsa kerak. Lekin balandga sakrash masalasida uncha-muncha futbochilarga dars berishim mumkin (kulib). Inson haraka qilsa balandga sakrashi mumkin. Bo'yning pastligi ham futbolda ancha foydasi tegadi. Pas bilan to'pni uzatish, to'siqlardan oralab o'tib ketishlarda ortiqcha gavdangiz halaqit bermaydi. Sportchi o'zini ustida tinmay ishlasa tezligi oshadi.


-  Koncertlarda ustoz sanatkorlar futbol haqida ko'plab gapirishgan. Lekin koncertlaringizdagi o'z chiqishlaringizda futbol haqida gapirmagansiz. Bunga sabab nima?

-  Maydon tashqarisida turvolib futbolchilar haqida gapirish oson. Maydonga tushgandan keyin u erdagi holatni his etadi. Bitta to'pni orqasidan 22 nafar futbolchining yugurib yurishi oson ish emas. Jamoaviy sport turida g'alaba qozonish juda ham mushkul. Yoshligimda maktab jamoasida to'p tepganman. O'sha kezlari yosh yigit bo'lganman, oyog'imga yuklama osib olib yugurardim. Yuklamani echganimdan so'ng uncha-munchasi menga eta olmasdi. Tez yugurardim. Ayrim jamoalarga qarshi bahs olib borganimizda, murabbiyim menga maydonda qanday vazifani bajarishimni aytardi. O'yin boshlanganida xuddi to'p tepishni, futbol o'ynashni bilmaydigan boladan yugurib yurardim. Raqib himoyachilariga atayin to'pni oldirib qo'yar edim. Bu murabbiyimizning taktikasi edi. Bu taktikasi barcha jamoalarga ham qo'llayvermasdi. Qaysi jamoa futbolchilariga qanday taktika qo'llashni yaxshi bilardi. Ko'pincha himoyani gavdali yigitlar qo'riqlashardi. 3-4 marotaba atayin to'pni oldirib qo'yganimdan so'ng himoyachilar menga etibor bermay qo'yishardi. Mana shu paytda murabbiyimiz menga gol ursang bo'ladi deya ko'rsatma berardi. Oyog'imga to'p kelib tushishi bilan raqib futbolchilari menga eta olmasdi. CHunki, 6-sinfda o'qib yurgan kezlarim, tuman bo'yicha 100 metr masofaga yugurish musobaqasida birinchi o'rinni olardim. Futbolni ichida yurganim uchun, maydonda futbolchilar tinmay ter to'kishini bilganim uchun ular haqida gapirgim kelmaydi. Har safar niyat qilaman, terma jamoamiz ham mundial yo'llanmasini qo'lga kiritsin deb. Oldin orzu qilardim, o'zbek futboli jahon chempionatiga chiqsa qo'chqor so'yaman deb. Qo'chqorim ham tuya bo'lib ketdi (kulib).


-  O'g'lingiz SHamsiddin “Bunyodkor” futbol akademiyasida shug'ullangan ekan...

-  O'g'lim avval karate spor turi bilan shug'ullanar edi. Nima uchun futbol bilan shug'ullantirganimning ham sababi bor. Bir kuni maktabdagi jismoniy tarbiya o'qtuvchisi tezda uchrashaylik deb menga qo'ng'iroq qildi. keyinchalik bilishimcha maktabda futbol sport turi bo'yicha musobaqa bo'lgan ekan. Bundan oldin SHamsiddin umuman futbol o'ynamagan, oyog'iga to'p tegmagandi. Musobaqada o'g'lim ham ishtirok etkan va murabbiyi unga himoyaga turishni uqtirgan. O'shanda raqib futbolchilaridan hech biri SHamsiddinning oyog'idan to'pni olib qo'yaolmagan. SHunaqa qilib o'g'lim jamoasi bilan final bosqichiga chiqqan. Finalda o'g'limning jamoasi raqib futbolchilariga 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lgan. O'shanda o'g'lim murabbiyidan men ham gol ursam bo'ladi deb so'ragan ekan. Ustozi albatta bo'ladi deb javob qaytargan ekan. shundan so'ng oradan ikki daqiqa o'tgandan so'ng o'g'lim raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Ikkinchisida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib qolgan. SHunda jamoadoshi men ham gol uray deb to'pni so'raganda unga to'pni uzatgandi. Jamoadoshi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilgan va maktabda o'tkazilgan musobaqada chempion bo'lishgan ekan. SHundan so'ng maktabdagi ustozining maslaxatiga ko'ra o'g'limni “Bunyodkor” akademiyasiga olib borganman. Birinchi imtixondayoq o'zi tengi yosh futbolchilardan ko'ra yaxshiroq natija qayd etgan. “Bunyodkor”da biroz muddat shug'ullangandan so'ng “Paxtakor” akademiyasi mashg'ulotiga ham qatnashdi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng o'g'limning futboldan biroz ko'ngli sovidi.

-  Oldimizda turgan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlar oldidan futbolchilarimizga nima degan bo'lardingiz?

-  Qo'rqmanglar demoqchiman. U gaplar faqat kinolarda xolos. Sizlao ulardan kuchsiz emassizlar. Bu gaplarni boshqa sportchilarga ham aytganman. Faqat kinolarda xitoylik, koreyaliklarni kuchli qilib ko'rsatadi. Ular ham bizdek xalq. Isnon g'alaba qozonish uchun o'zini ruhan tayyorlay olishi kerak. Futbolchilarimizga hamisha omad kulib boqsin.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, ushbu suhbatni video ko'rinishini tomosha qilishingiz mumkin

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика