Valijon Rahimov: "Hakamlar bugun juda g'alati qarorlarni qabul qildi"
25 noy 2021 00:22
Yangiliklar
Valijon Rahimov: "Hakamlar bugun juda g'alati qarorlarni qabul qildi"
Olmaliqda AGMK - "Nasaf" (0:2) o'rtasida kechgan bahs tom manoda final oldidan final maqomiga haqli bo'ldi. Lekin so'nggi daqiqalarda hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar turlicha talqin qilindi. Mazkur o'yindan keyin AGMK darvozaboni Valijon Rahimov fikrlarini bildirdi.
"Biz "Nasaf" bilan o'yinga juda ko'p tayyorgarlik ko'rdik. Nafaqat bu bahsga, balki barcha o'yin uchun qanchadan qancha insonlar mehnat qiladi. Hakamlar esa o'yinga kelishadi xushtagini chalib uchrashuvni boshlab, xushtag bilan yakunlab yana uyiga borib mazza qilib yashayveradi. Bugungi bellashuv chempionat doirasida bo'lganda ham mayli edi. Bu erda final yo'llanmasi turibdi. VAR fakat bir jamoa foydasiga ishladi. To'g'risi hakamlar juda g'alati qarorlarni qabul qildi. Hakam o'yinni his qilishi, vaziyatni o'z qo'liga olishi kerak. Futbolchi o'zini tepaga otib yiqilaversa, penalti belgilanaveradimi? Bugun hakam xato qilmaganida g'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi kerak edi",- deydi Valijon Rahimov.
Fikrlar