Valijon Rahimov: "Al Hilol"dan qo'rqmay harakat qildik"
16 apr 2021 13:50
Yangiliklar
Valijon Rahimov: "Al Hilol"dan qo'rqmay harakat qildik"
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar posboni Valijon Rahimovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Barchaga Ramazonning birinchi jumasi muborak bo'lsin! "Al Hilol" bilan o'yindan oldin ko'pchilik Saudiya Arabistoni klubining imkoniyatini yuqori baholagandi. Bu tabiiy hol edi, sababi raqibimiz Osiyoda o'z nomiga ega va bir necha karra Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. AGMK esa ushbu nufuzli musobaqa guruh bosqichi debyutanti hisoblanadi.
O'yin davomida biz o'zimizni yo'qotib qo'ymadik va raqibdan qo'rqmay harakat qildik. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Asosiysi ilk uchrashuvda mag'lub bo'lmadik, kuchli raqib bilan durang albatta yomon natija emas deb o'ylayman. Keyingi bahslarda nasib qilsa g'alabalarga erishamiz!", - deydi Valijon Rahimov championat.asia saytiga.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar