So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Vali Sultonov shogirdlari turnir g'olibi Yangiliklar

Vali Sultonov shogirdlari turnir g'olibi

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida havaskor jamoalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag'ishlangan Xorazm viloyati ochiq turniri bo'lib o'tdi.
Bir hafta davom etgan mazkur musobaqada Xorazm vohasidan 15 ta, Qoraqalpog'iston respublikasidan bitta jamoa ishtirok etdi. Uchrashuvlar avvaliga to'rt guruhda olib borildi. So'ngra, har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar chorak final juftliklarini hosil qilishdi.
Ushbu bosqichning dastlabki bellashuvida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining “Yoshlik” va “Umid nihollari-2018” jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bu o'yinda muxlislar 7 ta bir-biridan chiroyli gollar guvohiga aylanishdi. Yakuniy natijaga ko'ra, “Yoshlik” futbolchilarining qo'li baland keldi Ular 4:3 hisobida zafar quchishdi.

CHorak finalning qolgan o'yinlari quyidagicha nihoyasiga etdi:  “Jayhun”(Hazorasp tumani)-“SHifokor”(Hazorasp tumani)-2:0, UrDU(Urganch shahri)–UOZK(Urganch shahri)-2:0, “Yoshlik”(Xiva tumani)–“SHabboz”(Beruniy tumani, Qoraqalpog'iston) - 6:2.

Mubolag'a emas, yarim final uchrashuvlari ham qiziqarli lahzalarga boy bo'ldi. Bu bosqichda urganchning “Yoshlik” jamoasi UrDUni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi, 3:1. Ikkinchi juftlikda esa “Jayhun” jamoasi azolari  xivalik futbolchilarni  2:0 hisobida dog'da qoldirishdi.

Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining “Yoshlik”  va Hazorasp tumanining “Jayhun” jamoalari o'rtasida kechgan hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida g'olib  aniqlanmadi, hisob 2:2 ko'rinish oldi. Natijada, qo'shimcha vaqt belgilandi. Unda Xorazm vohasining taniqli murabbiyi Vali Sultonov ustozlik qilayotgan “Yoshlik” jamoasi futbolchilari g'alabaga bo'lgan irodalarini to'la namoyish etib, uchinchi to'pni hazoraspliklar darvozasiga yo'llashga muvaffaq bo'lishdi, 3:2.  Ushbu yutuq viloyat markazi futbolchilariga ilk marta o'tkazilgan turnir shohsupasining birinchi pag'onasini egallash imkonini berdi. To'plarini urganchliklar safidan Bobur Rahimberganov, Siroj Xo'jaev va Habibulla Matyoqubovlar kiritishdi.

O'z navbatida “Jayhun” jamoasiga ikkinchi o'rin nasb etgan bo'lsa, yarim final ishtirokchilari  Xiva tumanining  “Yoshlik”  va  UrDU  jamoalari tashkilotchilar tomonidan uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Quyidagi futbolchilar turnirning nominaciya bo'yicha “Eng yaxshi”lari nomiga sazovor bo'lishdi:
   Eng yaxshi darvozabon – Qadam Vapaev(UrDU).
   Eng yaxshi himoyachi – Bekzod Qurbonniyozov(UrDU).
   Eng yaxshi yarim himoyachi – Ilyos Xayrov(“Jayhun”).
   Eng yaxshi hujumchi – SHodlik Rahmatullaev(“Jayhun).
   Eng yaxshi futbolchi – Bobur Rahimberganov(“Yoshlik”).
   Eng yaxshi yosh futbolchi – Habibulla Matyoqubov(“Yoshlik”).

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика