So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Vali Keldievning 3-tur haqidagi fikrlari qanday? Yangiliklar

Vali Keldievning 3-tur haqidagi fikrlari qanday?

24-milliy chempionatimizning uchinchi tur o'yinlari ham start olish arafasida turibdi. Ortda qolgan ikkita tur o'ziga yarasha qiziq va kutilmagan natijalar kuzatildi.
SHu sababli navbatdagi turda ham etiborga molik natijalar kuzatilishi kutilmoqda. Bu borada jamoalar astoydil tayyorgarlik ko'rmoqdalar. 3-turning markaziy uchrashuvi sifatida “Neftchi” – “Navbahor” bellashuvini ko'rsatishimiz mumkin. Vodiy derbisi Farg'onadagi yangi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tishi kutilgandi. Ammo Qo'qondagi stadionda bo'lib o'tishi malum bo'ldi. Oldindan belgilanganidek, bu turda 8 ta emas, 7 ta o'yin o'tkazilishi malum bo'ldi. “Bunyodkor” – “SHo'rtan” bellashuvi boshqa muddatga qoldirildi. Baribir ettita o'yin o'ziga yarasha joziba ostida o'tishiga umid qilamiz. Bu borada o'tgan yili “Mashal” yoshlari bilan chempionlikni qo'lga kiritgan Vali Keldiev ham shunday fikr bildirdi.   

“Paxtakor” – “Buxoro”
-   To'g'risi, dastlabki turlarda barcha kuchli jamoalar g'alaba qozongani yo'q. Bu bilan o'yinlar qiziq o'tdi. Nazarimda, birinchi va ikkinchi turlarda omadi chopgan jamoalar g'alaba qozondi. Bu o'yinda ham “Paxtakor”ning g'alabasiga 70 foiz ishonyapman. “Buxoro” haqida hech narsa ayta olmayman. Ularning o'yinini to'liq ko'rganim yo'q. Faqat “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuviga ko'zim tushib qoldi. O'sha kuni xuddi aka-ukaning o'yini bo'lgandek tasavvur uyg'otdi. Nazarimda, “Buxoro” o'sh kuni xavfli hujum uyushtirmadi. Xullas, bu jamoaning qilichi o'tkirligini ko'rganim yo'q. Menimcha, mehmon jamoa “Paxtakor”ga qarshi hech nima qila olmasa kerak.

“So'g'diyona” – “Lokomotiv”
- “Lokomotiv”da nomi chiqqan murabbiy va futbolchilar bor. Ammo ular jamoaviy o'yin ko'rsatish borasida kuchli deb o'ylamayman. Balki dastlabki turlar bo'lgani uchun o'yini yaxshi chiqmayotgandir. Albatta, ushbu uchrashuvda “Loko”ning imkoniyati ko'proq. Agarda “So'g'diyona” bir amallab g'alaba qozonsa chempionat yanada qiziq bo'lardi. Hali ochko olmagan “So'g'diyona”, “Buxoro” va “Andijon” qoldi. Jizzaxliklar ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Bu safar esa ochko olish uchun bor imkoniyatini ishga solishga harakat qiladilar. “So'g'diyona”da moliyaviy tomondan muammolar bor. SHuning hisobiga Davron Fayziev tarkibni etarli darajada kuchaytira olmadi. Bu o'yinda hech bo'lmaganda durang qayd etilishini istardim. SHuni ham unutmaslik kerakki, “Lokomotiv”da hali g'alaba yo'q. Bu jamoa “uyg'onishi” kerak. Vadim Abramovning ham ishonchni oqlaydigan payti keldi.

“Andijon” – “Olmaliq”
-   Bu juftlikda “Olmaliq” jamoasining g'alaba uchun imkoniyatini ko'proq baholagan bo'lardim. To'g'risi, “Andijon” dastlabki turlarni sust o'tkazdi. Ushbu uchrashuvning Olmaliqda o'tkazilishi mumkinligi haqida ham eshitgandim. Ammo andijonliklar o'z uyida o'ynaydigan bo'libdi. Baribir “Olmaliq”ning mehmondan g'alaba bilan qaytishini taxmin qilyapman. Lekin “Andijon” bu o'yinda ochko olsa, kurash bundan-da qizg'in tus oladi. SHuni alohida aytmoqchimanki, aksariyat jamoalar hozircha o'yin borasida emas, omad tufayli g'alaba qozonishyapti. Ammo andijonliklar o'z maydonida to'p surishadi. Ularning o'yinini ko'rish va qo'llab-quvvatlash uchun minglab muxlislar kelishadi. Jamoa esa ularning hurmati uchun ham g'alaba qzonishga harakat qilishi turgan gap. Albatta, “Olmaliq” raqibiga qaraganda kuchli. SHu bois mezbonlarga qiyin bo'ladi. Lekin ko'p narsa maydonning sifatiga ham bog'liq. Agar maydon yaxshi holatda bo'lsa mehmonlar yutib ketishi mumkin.

“Neftchi” – “Navbahor”
-   Vodiy derbisida chiroyli o'yindan ko'ra kurash qizg'in kechsa kerak. Foiz hisobida qaraydigan bo'lsak, 60 “Neftchi” foydasiga. Hozircha farg'onaliklarning o'yini chakki emas. Buning ustiga farg'onaliklar o'z maydonida to'p surishadi. 

“Metallurg” – “Mashal”
-   Ikkala jamoa ham bir-biriga o'xshash. “Metallurg”ning ham, “Mashal”ning ham o'yinlarini kuzatdim. Ammo uchrashuvning Bekobodda o'tishini hisobga olsak, 60 degan bo'lardim. “Mashal” mavsumni yaxshi boshladi. Ammo “Metallurg” ham yomon boshlagani yo'q. O'z uyida “Lokomotiv”, safarda esa “Navbahor” bilan durang qayd etdi. Bekobodda chindan ham qiziqarli uchrashuv bo'ladi.

“Dinamo” -  “Qizilqum”
-   Yana teng jamoalar to'qnashuvi. O'zi bu turga asosan bir-biriga mos jamoalar duch kelibdi. Qaysi klub yaxshi o'yin namoyish qilsa, maqsadiga erishadi. Ammo “Dinamo” maydoni u qadar yaxshi holatda emas deb o'ylayman. Menga aynan shunday ko'rindi. Ikkala jamoa tarkibida yaqqol ajralib turadigan kuchli futbolchilar yo'q. Ular asosan mehnat qilishadi va qaysi biri imkoniyatlardan samarali foydalansa, o'sha yutishi mumkin. Bu chiroyli o'yin bo'lmasligi mumkin. Jamoalar to'pni asosan oldnga tepish orqali o'ynasalar kerak.

FIRDAVSXON  
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика