Vali Keldiev “Mashal”ni tark etishi mumkin
17 noy 2014 16:04
Yangiliklar

Vali Keldiev “Mashal”ni tark etishi mumkin
Joriy mavsum “Mashal”ning o'rinbosarlar tarkibini shug'ullantirib, yakunda chempionlik sari etaklab kelgan Vali Keldiev muborakliklar bilan xayrlashishi mumkin.
Surxondaryolik murabbiy bungacha “Mashal” bolalar va o'smirlar futbol maktabida ishlab kelayotgandi, biroq bu yildan yoshlar jamoasiga o'tkazilgandi. Vali Keldiev rahbariyat ishonchini to'liq oqlab, jamoaning o'rinbosarlar tarkibi bilan yoshlar ligasida birinchi o'rinni egalladi.
Vali Keldiev o'z tajriba va salohiyati bilan bemalol oliy liga klubida bosh murabbiy bo'lmasa-da, yordamchi sifatida ishlay oladi. Ammo bu murabbiyning “Mashal”ni tark etishi kutilmoqda. Buning sabablari esa hozircha malum emas.

Fikrlar