So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Valeriy Kichin: "Aleksandr Krestininning qo'ng'irog'idan so'ng "Lokomotiv"ga o'tishim hal bo'ldi" Yangiliklar

Valeriy Kichin: "Aleksandr Krestininning qo'ng'irog'idan so'ng "Lokomotiv"ga o'tishim hal bo'ldi"

"Lokomotiv" jamoasining yangi azosi Valeriy Kichin jurnalist Tengelbes Musaevga intervyu berdi.

- Yangi jamoaga o'tdingiz. Dastlabki taassurotlar bilan bo'lishsangiz?

- Barchasi yaxshi. Klub ham ancha mashhur. Barchasi joyida.

- "Lokomotiv" bilan yig'inlarda ham ishtirok etdingiz. Adaptaciya jarayonidan o'tib bo'ldingiz deb hisoblasak bo'ladimi?

- Men Qirg'izistonlikman va shu sabab men uchun bu jarayon osonroq kechdi. Yigitlar meni yaxshi qabul qilishdi.

- Jamoa bilan muzokaralar qanday kechdi?

- Muzokaralar uzoq vaqt davom etdi deya olaman. Aleksandr Krestininning qo'ng'irog'idan so'ng ko'p o'ylab o'tirmadim va rozi bo'ldim.

- Sobiq jamoangiz "Enisey" sizga yangi shartnoma taklif qilganini elon qilgandi. "Enisey" safida 200dan ko'proq uchrashuvlarda ishtirok etdingiz va uzoq vaqt davomida ushbu jamoada to'p tepdingiz. "Enisey" jamoasidan ketishingizga nima sabab bo'ldi?

- Birinchi navbatda shartnoma bo'yicha kelisha olmadik. Menga bo'lgan munosabat ham menga yoqmadi. Men ushbu jamoada deyarli 8 yil davomida to'p tepgandim. Rahbariyatning yangi shartnomasi ham menga to'g'ri kelmadi. "Lokomotiv" esa menga qiziqish bildirdi. Seni hurmat qilishmaydigan joyda qolishdan manfaat yo'q.

- "Lokomotiv"dan boshqa takliflar ham bo'ldimi?

- Osiyodan takliflar ko'p edi. Hindiston, Bangladesh, Qirg'izistondan takliflar bor edi.

- Siz juda oilaparvar insonsiz. Oilangiz bilan to'liq Toshkentga ko'chib o'tdingizmi?

- Hozircha yo'q. Farzandlarim bog'chaga borishadi va hozir ularni boshqa shaharga olib ketishim to'g'ri qaror bo'lmasligi mumkin. Toshkentga ko'nikib olishim kerak. Keyingi mavsumdan esa oilam bilan ko'chib kelamiz.

- Qirg'iziston terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichida ishtirok etadi. Guruhimizdagi raqiblar haqida gapirib o'tsangiz?

- Nima ham deyish mumkin. Faqatgina maydonga chiqib kurashish kerak xolos. Oson guruhlarning o'zi yo'q.

- Qirg'iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bilan gaplashib oldingizmi?

- Ha. Biz telefon orqali suhbatlashdik. Tarkib, uslub va qura natijalari haqida biroz gaplashdik.


Tengelbes Musaev suhbatlashdi



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика