Valentin Kovalenko Odil Ahmedov o'ynagan o'yinni boshqardi
05 apr 2018 12:11
Yangiliklar
Valentin Kovalenko Odil Ahmedov o'ynagan o'yinni boshqardi
Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan bahsda "SHanxay SIPG" o'z maydonida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubini qabul qildi.
O'ziga yarasha qiziq kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Mazkur uchrashuvni eng yaxshi hakamlarimizdan biri Valentin Kovalenko boshqarib bordi. Kovalenkoga qanotlarda Husniddin SHodmonov bilan Ruslan Serazetdinov yordam bergan bo'lsa, SHerzod Qosimov to'rtinchi hakam vazifasini bajardi.
Bellashuvda hamyurtimiz Odil Ahmedov ham ishtirok etib, u "SHanxay SIPG" safida to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Kovalenko o'yin davomida faqat bir marta sariq kartochka ko'rsatdi, hech kimga "qizil" bermadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar