"Valensiya" Xalilovich borasida "Barselona" bilan muzokara o'tkazdi
29 apr 2016 16:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206474_original.jpg)
![](/upload/storage/206474_220.jpg)
"Valensiya" Xalilovich borasida "Barselona" bilan muzokara o'tkazdi
Ijara asosida "Sporting" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Alen Xalilovich kelasi mavsumda "Valensiya"da o'ynashi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, "ko'r shapalaklar" vakillari Kataloniya klubi bilan muzokara o'tkazishdi va xorvatiyalik futbolchi uchun 10 mln. evro va bonus pullar to'lashga tayyor. Ammo "Barselona" uni 15 mln. evroga sotmoqchi.
Ayni damda muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda, lekin barchasi Xalilovichning istagiga bog'liq.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar