Valdes: "Ayni damda de Xea jahonning eng yaxshi darvozaboni"
09 jan 2015 09:19
Yangiliklar


Valdes: "Ayni damda de Xea jahonning eng yaxshi darvozaboni"
"Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan Viktor Valdes, jamoaning asosiy posboni David de Xeani jahonning eng yaxshi darvozaboni deb atadi.
"O'ylashimcha, ayni damda de Xea eng yaxshi darvozabon. U xar o'yinda qanchalik yuqori darajali posbon ekanligini isbotlayapti. So'nggi yillardagi uning muvaffaqiyatidan mamnunman.
Men haqimda to'xtaladigan bo'lsak, kamina MYUga yordam bermoqchi. Butun faoliyatim davomida jamoa, murabbiy va muxlislar uchun o'ynaganman. Maydonga chiqayotganimda, jamoamga g'olib bo'lish uchun qanday yordam berishni o'ylayman" - deydi Valdes.

Fikrlar