Valdano: "Puldorlar kelib, futbol ancha o'zgardi"
27 fev 12:45
Yangiliklar


Valdano: "Puldorlar kelib, futbol ancha o'zgardi"
"Real" sobiq direktori Xorxe Valdano biznesning futbolga tasiri haqida gapirdi.
"Futbolga puldorlar kirib keldi. Bu insonlarning deyarli hammasi futbolga yanada ko'proq pul ishlab olish uchun kelishmoqda. Investiciya fondlari, millionerlarning o'ziga yarasha injiqliklari bor. Bu esa futbolning umumiy ko'rinishini o'zgartirmoqda.
Umid qilamanki, muxlislar hech bo'lmaganda oxirgi bo'lib, sotilishadi. Shunga o'xshash holat, Superliga g'oyasi paydo bo'lganida, Angliyada yuz berdi – aynan ingliz muxlislar unga qarshi chiqishdi. Fanatlar o'zlarini futbolning yaxshi manoda xo'jayini deb his qilishadi va ularning o'z poziciyasi mavjud".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar