Vagiz Galiulin: "Ufa"da barchasi meni qoniqtiryapti"
20 iyu 2014 11:45
Yangiliklar

Vagiz Galiulin: "Ufa"da barchasi meni qoniqtiryapti"
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Vagiz Galiulin Rossiya premer-ligasining yangi vakili “Ufa” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Boshqirdiston jamoasi bilan kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. 26 yashar hamyurtimiz yangi klubi tarkibida 22-raqam ostida harakat qiladi.
"Yana premer-ligaga qaytganimdan xursandman. Endi o'zimni ko'rsatib, shu orqali milliy terma jamoaga qaytishga harakat qilaman. "Ufa" mashg'ulotlarida iyun oyidan beri ishtirok etib kelayotgandim. Bu erda futbolni juda sevishadi. Xullas, barchasi meni qoniqtiryapti", - deydi bizga bergan intervyusida Galiulin.
Eslatib o'tamiz, Galiulin faoliyati davomida “Andijon”, “Buxoro”, “Traktor” klublari sharafini himoya qildi. 2006 yili Qozonning “Rubin” klubiga ko'chib o'tdi. 2010-2013 yillar oralig'ida “Sibir”, “Nefteximik” klublarida ijara asosida to'p tepdi. Vagiz O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar