So’nggi yangiliklar

04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   1 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   0 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  378 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   0 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  17 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  28 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  2 22:33"Порту" уч йилга еврокубоклардан четлатилиши мумкин?!  0 22:12Улуғбек Ҳошимов: "Ҳужумчи позициясига 3-4 футболчи даъвогарлик қилмоқда"  1

"Bunyodkor" akademiyasi direktori: "OFK vakillarining fikrlari biz uchun yoqimli va qoniqarli bo'ldi" Yangiliklar

"Bunyodkor" akademiyasi direktori: "OFK vakillarining fikrlari biz uchun yoqimli va qoniqarli bo'ldi"

Oldin malum qilinganidek, oktyabr oyining 29-sanasida Osiyo futbol konfederaciyasi vakillari “Bunyodkor” jamoasi akademisida mehmon bo'lishdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechirish hamda “ikki yulduzli” maqom talabalariga javob berish masalasini ko'rib chiqishdan iborat edi. Xo'sh, bu borada ularning xulosasi qanday bo'ldi, akademiya barcha talablarga javob beradimi? Mazkur savollarga javob izlash maqsadida akademiya direktori Vadim SHodimatov bilan intervyu tashkil qildik.

“Yaqinda jamoamizda ofk vakillarini qabul qildik. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad klub qoshidagi bolalar va o'smirlar akademiyamizni baholash va ikki yulduzli maqomini berish edi. Ular bizga qadar Bahrayn mamlakatidagi futbol akademiyalaridan birida bo'lishdi va uch yulduzli nomni berish uchun barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Endi biz OFKning aniq xulosa va qarorini kutyapmiz. Ular klubimizning texnik bazasi, hujjatlar, murabbiylar shtabi bilan yaqindan tanishishdi. So'ng Andijonga yo'l olishdi”- deya gap boshladi.

- Vadim SHaxirjanovich, bilamiz bir necha mavsum ilgari vodiyda ham ish olib bordingiz, so'ng yana “Bunyodkor”ga qaytdingiz. Vodiy futbolining ayni damdagi holatini qanday baholaysiz?
- Men bu jamoada 2007 yil ish boshlaganman. Bu orada Andijondagi futbol maktabiga ishga o'tdim. Hozirda viloyat futbol akademiyasi deb nomlanadi. Unga qadar esa “Uzdongju” qoshidagi akademiya edi. Zoir Ergashevich Hasanov bilan ishni boshladik. Infratuzilma, moddiy bazani yanada yuksaltirishga harakat qildik. 2015 yil Rustam Abdullaev “Qo'qon-1912”ga katta murabbiy sifatida taklif qildi. Mahalliy futbolchilar va rahbariyat bilan iliq munosabatda bo'ldik. Maqsadimiz jamoani kuchlilar safida olib qolish edi. Usha mavsum yaxshi jamoa tuza oldik. Nosir Otaqo'ziev, Aleksey Nikolaev kabi tajribali va bir qator yosh iqtidorli futbolchilarga ishonch bildirdik. Fursatdan foydalanib Rustam Rahmonovichga minnatdorchilik bildiraman. Namanganda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Farg'ona haqida biror narsa deyishim mushkul. “Navbahor” chempionlik uchun kurashadigan klubga aylandi. Menimcha vodiyda millionlar o'yini to'g'ri yo'lda ketyapti.



- O'tgan yili adashmasak jamoaga akademiyasini boshqa joyga ko'chirish borasida rasmiy xat kelgan edi. Xattoki yopilishiga oz qolgandi. Keyin, kommunal qarzdorlik yuzaga kelgach akademiyada muammolar paydo bo'la boshladi. Mavjud qiyinchiliklar qanday bartaraf etildi?
- Ha shunday bo'ldi, ayniqsa ohirgi yillarda. Biz esa hamon ishlashda davom etdik, vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga ishondik. Etiborli jihati joriy mavsum boshida klublar ichida birinchilardan bo'lib akademiya hujjatlari va talablarini bajardik.Turli mish-mishlarga chalg'imasdan o'zimizni yo'limizda davom etdik.

- Yuqorida aytib o'tdik, klub akademiyasi ikki yulduzli maqomni olishga davogarlardan hisoblanadi. Umuman OFK qo'mitasining vakillari bu boradagi fikr va takliflarini bildirdimi?
- Ularning fikrlari biz uchun qoniqarli va yoqimli bo'ldi. Birinchi galda stadionlarga razm solishdi, klub ofislarini, ishchilarni, muzeyni, tibbiyot xonalarini, akademiyamiz xududini, yashash va o'qish joylarini,sport zalini barchasini ko'zdan kechirishdi va ijobiy xulosa chiqarishdi. Qizig'i ekspertlardan biri avvalgi yil BAA terma jamoasi bilan bazamizda shug'ullangandi. Ikkinchi mutahassi Vengriyadan Laslo. Umuman yoqimli xotiralar bilan ketishdi.

- “Bunyodkor” yosh, umidli o'yinchilarga kuchli jamoalarga yo'l ochadigan o'ziga xos tramplin sifatida ham xizmat qilmoqda. Oxirgi misol - Abubakr Mo'ydinov yaqinda BAAning "Al-Nasr" klubi safiga o'tdi...
- Mana bu yil Turkiya va Rossiyadagi katta turnirlarda qatnashdik. Musobaqalarda futbolchilarimizni bir qator mutaxassislar kuzatishdi va harakatlarini maqullashdi. Bollarimizning o'yinlari chakki chiqmadi.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика