Vadim Abramov: "Yanichich va Koryan bilan shartnoma imzoladik"
05 fev 2015 15:48
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yanichich va Koryan bilan shartnoma imzoladik"
OCHLga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov bir qator legionerlarni jiddiy sinovdan o'tkazyapti.
SHu kungacha jamoa safida Braziliya, Tunis va Rossiyadan futbolchilar ko'rikdan o'tishdi.
"Ayni paytga kelib ikki nafar legioner jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Yig'in davomida jamoa o'yiniga kirishib keta olgan hujumchi Ruslan Koryan va himoyachi Nemanya Yanichich yangi mavsumni klubimizda o'tkazadi. Uchinchi legioner kim bo'ladi, buni ham tez kunlarda bilib olasiz", - deydi Vadim Abramov championat.asia saytiga bergan intervyusida.
O'zbekiston milliy tema jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan Temur Kapadze ham "temiryo'lchi"ga aylandi. SHu va jamoani OCHLdagi raqiblariga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rayotganligi haqida "Loko" ustozi shunday deydi:
- Kapadzeni yaxshi bilgan holda jamoamizga taklif qildik. Uning klubga foydasi tegadi. Futbolchi haqida ortiqcha gapirish shart emas, barchangiz yaxshi bilasiz. "Al Hilol"ni kuzatyapmiz. Yaxshi jamoa. Kuni kecha kubok o'yinida 2:0 hisobida g'alaba qozondi, klub o'z safiga Greciya terma jamoasi azosi Samarasni qo'shib oldi.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar