So’nggi yangiliklar

23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  0 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  2 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  4 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  33 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  9

Vadim Abramov va boshqalar - Superligada 16-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Vadim Abramov va boshqalar - Superligada 16-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 16-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev ("Neftchi")

"Neftchi" bu tur safarda "Metallurg" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida "Neftchi" posboni Botirali Ergashev jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ayniqsa so'nggi daqiqalarda mezbonlarning qarshi hujumidan keyin bir vaziyatning o'zida ikkita seyv namoyish eta oldi. SHu tariqa Ergashev turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov ("Dinamo")

"Dinamo" Samarqandda musobaqa peshqadamlaridan biri bo'lib turgan OKMKni qabul qildi va 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuv davomida ikki marta hisobda ortda borgan "Dinamo" so'nggi soniyalarda g'alaba golini urib, g'alaba qozondi. Dramatik kechgan bahsda 3 ochkoni qo'lga kiritgan "Dinamo" ustozi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi futbolchisi – Doniyor Abdumannopov ("Paxtakor")

"Paxtakor" bu tur Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'olib bo'ldi. SHu kuni "sherlar" safida Doniyor Abdumannopov juda faol bo'ldi. U ikkita gol uridan tashqari CHeranga golli uzatmani ham amalga oshirdi. Abdumannopov saytimiz talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng chiroyli goli muallifi – Oybek Bozorov ("Nasaf")

"Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvining 87-daqiqasida Oybek Bozorov jarima maydoni tashqarisidan chiroyli gol urdi va bu gol g'alaba goliga aylandi. Aynan Bozorov tomonidan kiritilgan to'p championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.


 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика