So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Intervyu. Vadim Abramov: “Terma jamoani mundialga olib chiqaman deb o'z “Mersedes”imdan garov o'ynagandim” Yangiliklar

Intervyu. Vadim Abramov: “Terma jamoani mundialga olib chiqaman deb o'z “Mersedes”imdan garov o'ynagandim”

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, bugungi kunda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov "Orzu" loyihasi mehmoni bo'lgan edi.

Ko'pchilik Abramovning murabbiylik faoliyati borasida to'liq malumotga ega emas. SHu bois ham Vadim Karlenovichning faoliyatining boshlanishi, orzusi va 2011 yilgi Osiyo Kubogi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Yoshlikda kim bo'lishni orzu qilgansiz?

- Yoshligimda dastlab haydovchi bo'lishni orzu qilardim. Sal katta bo'lganimda, futbol o'ynashni boshlaganimda barcha orzularim futbol bilan bog'liq bo'lgan. Yuqori ligada o'ynashni istardim, o'smirlar terma jamoasida o'ynaganman. Armiyaga borib kelganimdan keyin ham futbol o'ynardim. 25 yoshga to'lganimda Sobiq Ittifoq terma jamoasida o'ynay olmasligimni bilib futbol o'ynashni to'xtatdim. Sekin-asta murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. Orzuga etishish uchun mashaqqatli mehnat qilish lozim. SHaxsan menda shunday balki boshqalarda bunday emasdir.

Menga dam olish yoqmaydi, doim ishlashni istayman. O'zim sevgan kasbda ishlayapman. Ko'pchilik ham bunga erisha olmaydi. Menimcha senga quvonch bag'ishlaydigan ishga borish baxt demakdir.

- Murabbiylik faoliyatingiz qanday boshlangan?

- Har bir askar general bo'lishni istaydi. SHu bois istalgan murabbiy har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaydi. Afsuski bu doim ham amalga oshavermaydi. Terma jamoa murabbiyi bo'lishni orzu qilmaganman. Xatto murabbiy bo'lishni ham orzu qilmaganman. 90 yillarda kim nima qilishni bilmay yurganida barcha biznes bilan shug'ullanardi. Men shular qatorida tadbirkor bo'lganman. Murabbiylikka tasodifan o'tganman. Dastlab "NBU-Osiyo" klubini tashkil qilganman, biroq klub o'z oldiga yuqori ligaga chiqish maqsadini qo'ymagani uchun mening qiziqishim yo'qoldi va klubdan ketdim. Yana malum muddat tadbirkorlik bilan shug'ullandim. Katta o'g'lim "Traktor" klubida shug'ullanardi. O'zimning oldingi tajribamdan kelib chiqib murabbiylarga yordam berardim. O'g'lim 15 yoshga to'lganida o'sha guruhda bepul murabbiylik qila boshladim. 1987 yilda tug'ilgan futbolchilar keyinchalik 8 nafar o'yinchi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynashdi. Popenko, Afonin... va boshqalar.

Qarasam murabbiylik faoliyatim yaxshi ketmoqda. Keyinroq "Traktor" klubini boshqarish taklifi tushdi. Jamoa so'nggi o'rinlarda boraradi, yordam berishimni so'rashdi. O'sha mavsum klubni oliy ligada olib qolishga erishdik. Keyingi yil esa ancha yaxshi o'ynadik chempionatda 5-o'rinni egalladik hamda O'zbekiston Kubogi finalida o'ynadik. SHu tariqa murabbiylik menga kasbi yoqib qoldi va hamon ishlab kelayapman.

- So'nggi o'rinlarda yurgan klubni qabul qilishdan oldin qo'rquv bo'lmaganmi?

- Ko'pchilik o'shanda "Traktor" ligada qolishiga ishonmagandi, menda esa ishonch bor edi. Hech qanday qo'rquv yo'q edi. Birinchi davradan keyin ko'plab futbolchilar boshqa klubga o'tishni istagandi. O'shanda yordamchim Marat Miftaxutdinov kimda boshqa jamoadan taklif bo'lsa bemalol ketishi mumkin deb elon qilgandi. Futbolchilar esa xayron bo'lib kimlar bilan o'ynamoqchisizlar deyishgandi. Biz "ko'chadan" yigitlarni topib ular bilan ligada qolishni uddalagandik. Ularni hech kim tanimasdi. "Traktor" yaxshi jamoa edi. Har yili futbolchilar boshqa klubga o'tishardi va yana qaytib kelishardi (kuladi).



- SHu o'rinda 2011 yilgi Osiyo Kubogini eslamay ilojimiz yo'q.

- Albatta, 2011 yilgi Osiyo Kubogi faoliyatimda alohida sahifa. Bunga qadar men O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ishlaganman. O'sha tarkibdagi ko'plab futbolchilar keyinchalik milliy terma jamoaning etakchilariga aylanishgandi. Qatardagi Osiyo Kubogida 90 foiz futbolchi men bilan birga olimpiya terma jamoasida ham ishlagandi. O'sha musobaqaga ketishdan oldin men Osiyo Kubogini qo'lga kiritish uchun ketayapmiz deb aytgandim. Ko'pchilik bunga ishonmagandi. Biroq yaxshi ishtirok etishimizga negadir ishonch bor edi. To'g'risi birinchi marta O'zbekiston olimpiya terma jamoasini menga topshirishganida biroz ikkilanish bo'lgan. Ammo ertasi kuni ishonch paydo bo'lgan.

Bilasizmi, 90 yillarda men tadbirkor bo'lib ishlagan paytlarda O'zbekiston terma jamoasiga yordam berardim. To'g'ri hech qaerda ro'yxatda bo'lmaganman, ammo safarlarga borardim, moliyaviy jihatdan yordam berardim, homiylarni topib berardim. O'shanda terma jamoa tarkibiga qarab turib "agar menga milliy terma jamoani topshirsangiz Jahon chempionatiga olib chiqaman, agar buni uddalay olmasam "Mersedes" rusmli mashinam sizlarga" degandim. Ammo o'shanda hech kim menga ishonmagandi, oradan 15 yil o'tib baribir terma jamoa bosh murabbiyiga aylandim. Bu taqdir bo'lsa kerak.



- Osiyo Kubogidagi ajoyib ishtirokning zamirida nima yotardi?

- Qatar bilan ochilish o'yini eng muhimi edi. O'rtada murabbiylik faoliyatim turardi. Hissiyotlar kuchli edi. Men o'zimdan ko'ra yigitlar haqida ko'proq qayg'urardim. Ularga ishonardim. Sababi Osiyo Kubogi boshlanishiga bir oy qolganida hech kimga yutqazmay kelayotgandik. Osiyo Kubogida omadimiz keldi deganlarga qo'shilmayman, bizda o'yin bor edi. Ha omadimiz kelmagandi, Osiyo Kubogini yuta olmagandik, shunda omadimiz kelmagandi. O'shanda musobaqada chempion bo'lish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega edik.

- Ayni paytda “Bunyodkor” bosh murabbiyisiz. Klubni qabul qilishdan avval o'z oldingizga qanday vazifalar qo'ydingiz?

"Bunyodkor" klub o'z ananalariga ega. Bungacha ushbu jamoada Skolari, Ziko kabi jahon darajasidagi murabbiylar ishlashgan. Bu esa muxlislar oldida o'ziga xos masuliyat yuklaydi. Ushbu klubda yaratilgan sharoitlar hech bir klubda yo'q. "Bunyodkor"dan kuchli tarbiyalanuvchilar etishib chiqqan, mening vazifam ularni yanada ko'paytirish. Klub O'zbekiston sharafini xalqaro arenada himoya qilishga haqli. "Bunyodkor"ni Osiyo chempionlar ligasiga qaytarish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Har bir o'yindan so'ng futbolchilarga bu bahs tarixga aylandi deb aytaman. Sen bugun Jahon chempioni bo'lding, demak sening raqiblaring soni yanada ko'paydi. Mehnat qilmasang hech qachon cho'qqida qololmaysan. Har kuni sen kuchli ekanligingni isbotlashing kerak.


TAS-IX emas


Reyting: +130   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика