So’nggi yangiliklar

01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  32 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10

Vadim Abramov: "SHunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag'lub bo'lganimiz muxlislarni yodidan chiqib ketsin" Yangiliklar

Vadim Abramov: "SHunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag'lub bo'lganimiz muxlislarni yodidan chiqib ketsin"

"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin (1:2) mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz mamlakat chempioniga aylangan klub bilan yaxshi o'ynadik. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. Golgacha yaxshi o'ynadik, vaholanki ikkinchi golni ham kiritgan edik, biroq uni inobatga olishmadi", - dedi Vadim Abramov. 

- Bugun "Dinamo"ga nima etishmadi deb o'ylaysiz? Ratino va Iminovning yo'qligi sezildimi?
- Ularda jarohat bor. Menimcha gol kiritguncha yaxshi o'ynadik. Nega, himoyaga yotib olib to'pni tepib yuborishni boshlaganimizni bilmayman. Aslida o'zimiz aybdormiz. Goldan keyin futbol o'ynashni tugatdik. Tajribali furbolchilar to'pni saqlab qolishi va jamoani oldinga boshlashi kerak edi.

- Jamoaning rejalari qanday?
- Uzuq-yuluq mavsum bo'ldi. Huddi mavsum tugagandek. Asosiy vazifamiz yigitlarning miyasini to'g'irlashimiz kerak. Avvalo, bu mavsumni yaxshilab tugatib olishimiz kerak. Keyingi yil uchun yil oxirida reja tuzamiz. Afsuski, bugun tushib qolgan holatimizga o'zimiz sababchimiz. Nasafni tabriklaymiz. Ularda anchadan beri birga o'ynayotgan tarkib bor. Xuddi ular singari oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo'yishimiz kerak.

- Kelasi mavsumda rahbariyatni talablarida o'zgarish bo'ladimi?
- Albatta, biz ham bundan umidvormiz. Bu shaharda futbolni yaxshi ko'rishadi. Futbolga kelishadi. Ular bunga haqli. SHu o'rinda muxlislarimizdan yana bir bor mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. SHunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag'lub bo'lganimiz muxlislarni yodidan chiqib ketsin.

- Xislat Halilov gol kiritganidan so'ng sizni oldingizga keldi. Bu yoqimli holatmi?
- Albatta, yigitlar harakat qilishmoqda. Xislat buni uddalayotganidan xursandman. To'g'risi, ko'proq yoshlar jamoada bo'lishini istayman. Agar Samarqandda yosh futbolchilar uchun mashg'ulot va o'yin o'tkazish uchun sharoitlar yaratilsa, iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Ularga imkon berish kerak.

- Kojoga bugun bir necha bor tanbeh berdingiz. Vaziyatni tushuntirib bera olasizmi?
- To'g'risi, uning terma jamoaga hammadan oldin ketib, hammadan keyin kelishi jahlimni chiqaradi. Bu borada u bilan suhbatlashib oldik. Tushunaman, bu terma jamoa, ammo klubga ham vaqtida kelish kerak. Bu o'z-o'zidan mashg'ulot jarayoniga salbiy tasir ko'rsatadi. U bugun o'ziga o'xshamadi. Futbolni aldab bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика