So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  51 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Vadim Abramov: "SHomurodov hozir yaxshi formada va terma jamoaga foyda keltiradi deb umid qilaman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "SHomurodov hozir yaxshi formada va terma jamoaga foyda keltiradi deb umid qilaman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Toshkentda mashg'ulot o'tkazdi.

Mashg'ulotlardan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov championat.asia saytiga intervyu berdi. 






- Terma jamoa bir necha kun davomida tog'da mashg'ulotlar o'tkazdi va Toshkentdagi yig'in boshlandi...

- Barchasi joyida. Odatiy rejimda ishlashda davom etayapmiz. Sizga hech qanday yangilik ayta olmayman.

- Jarohat olgan O'runov va Yaxshiboev yig'inga kelmasligi aniqmi? Boshqa jarohat olganlar yo'qmi?

- Oston O'runov va Jasur Yaxshiboev jarohat tufayli yig'inga kelishmaydi. SHukurki boshqa jarohat olganlar yo'q.

- Terma jamoa sardori Odil Ahmedovda kichik jarohat bor edi...

- Odil Ahmedovning jarohati o'yinlarda ishtirok etishiga to'sqinlik qilmaydi deb o'ylayman.

- 29 may kuni Dubayda Avstraliyaga qarshi o'ynaymiz...

- Ha, 30 daqiqadan uchta taym o'ynaymiz. Buni Avstraliya bosh murabbiy istadi. Baribir 90 daqiqa o'ynaymiz, shunchaki uchta 5 daqiqalik tanaffus bo'ladi va agar kerak bo'lsa futbolchilarni almashtirib olamiz.

- Dubaydan to'g'ri Saudiya Arabistoniga uchib ketiladimi?

- Ha albatta, 1 iyun kuni Dubaydan uchamiz.




- Raqiblarni ham kuzatib borayapsizmi?

- Albatta kuzatayapmiz. Bundan tashqari bizning birinchi o'yinimiz 7 iyun kuni bo'ladi, raqiblarimiz esa 3 iyun kuni o'ynashadi. Ularni stadiondan kuzatib boramiz.

- Eldor SHomurodov mavsumni ajoyib yakunladi va ketma-ket gollar urdi. Bu quvontirmoqda...

- Albatta bu yaxshi belgi. Asosiysi milliy terma jamoada ham gollar urishni davom ettirishi. U yaxshi formada va terma jamoaga foyda keltiradi deb umid qilaman. Ko'p narsa sheriklariga ham bog'liq bo'ladi.

- Muxlislar terma jamoamizdan g'alaba kutishmoqda...

- G'alaba qozonishni bizdan ko'proq hech kim xohlamayotgan bo'lsa kerak. Muxlislarni xafa qilmaslikka urinamiz. Barchasini o'yinlar ko'rsatib beradi.

- Markazlashgan saralash bahslari haqida so'nggi fikringiz...

- Qaror qabul qilib bo'lingan. Endi uni muhokama qilish befoyda. SHunchaki meni tashvishga solayotgan narsa bu iqlimga moslashish. Saudiya Arabistoni bilan baribir safarda o'ynashimiz kerak edi. Faqat endi yana ikkita qo'shimcha o'yinni ham shu erda o'tkazamiz.



Kamoliddin Alimov suhbatlashdi



Kechagi mashg'ulotdan to'liq videoreportajni quyida tomosha qilish mumkin:



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика