So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  1 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  5 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  60 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Vadim Abramov: "SHadrin uchun ham kubokni yutmoqchi edik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "SHadrin uchun ham kubokni yutmoqchi edik"

"Futbol sharhi" ko'rsatuvida Vadim Abramov va klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akromov ishtirok etdi.
"Mavsum bir tekisda o'tmadi. To'g'ri biz chempion bo'la olmadik, lekin kubok sohibi bo'lib OCHLga yo'llanma oldik. Agar kubok finalida g'olib chiqa olmaganimizda ham mavsumni yomon o'tdi deb aytmasdim. Biz oldimizga qo'yilgan maqsadlarning yarmini bajardik. O'z muxlislarimiz oldida qarzimizni uza oldik va kubokni qo'lga kiritdik", - deb gap boshladi Vadim Abramov.

"Mavsum og'ir kechdi. Nafaqat biz uchun, barcha jamoalar uchun qiyin o'tdi. Rahbariyat tomonidan chempionlik va kubokni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. Ikkinchi o'rin ham aslida yomon emas", - deydi klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov.

- Finalning Olmaliq shahrida o'tganiga nima deysiz?
Vadim Abramov: - Mamlakatimiz hukumatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sababi viloyatlarda ham ajoyib stadionlar qurilmoqda. Olmaliqda ham yangi stadionda, minglab muxlislar qarshisida o'ynadik. Kuchli raqib ustidan g'alaba qozonganimizdan xursand bo'ldim.

- Final uchrashuvida xorijliklar hakamlarning ishlaganiga qanday munosabatdasiz?
Vadim Abramov: - Koreyalik hakamlarga hech qanday etiroz bo'lmadi. Biroq bunday o'yinlarda o'zimizning tajribali hakamlar ishlagani yaxshi deb bilaman.

- Jasur Hasanov nima uchun zaxiradan maydonga tushirildi?
Vadim Abramov: - Hasanovni juda yaxshi bilaman. Uni anchadan buyon taniyman. Raqibga qarab taktika tanladik. Hasanovni tezkorligiga ishonib zaxiradan maydonga tushiridik.

O'yinni penaltilar seriyasiga qadar cho'zmoqchi emasdik. Biroq 11 metrli jarima to'plariga ham tayyor edik, futbolchilarimning ko'pchiligi tajribali. 

- "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng qanday o'zgarishlar qildingiz?
Vadim Abramov: - Aslida hech qanday o'zgarishlar qilmadim. SHunchaki "Paxtakor" bilan bahsda bizda malum muammolar bor edi. Hozir yana shuni takrorlasam bahonaga o'xshab qoladi. Futbolda mayda-chuydalar bo'lmaydi. Ammo o'sha o'yindan oldin bir nechta futbolchilarimiz terma jamoa safida o'ynab qaytishdi. SHu bois ham "sherlar" bilan uchrashuvga yaxshi tayyorlana olmagandik.

G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklamoqchiman. Avvalo O'zbekiston temir-yo'llari DATK rahbari Ochilboy Ramatovga minnatdorchilik bildiraman. U kishi futbolga juda katta etibor qaratadi. Klubimizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Bundan tashqari kutilmaganda vafot etgan Aleksandr SHadrin uchun ham kubokni yutishni maqsad qilgandik.

Final uchrashuvida qaysidir o'yinchini alohida ajratib ko'rsatish juda qiyin. Biroq butun o'yin davomida o'z darvozasini ishonchli ravishda qo'riqlagan Ignatiy Nesterovni eng yaxshilardan biri bo'ldi deya olaman.

- Osiyo Kubogi-2011da O'zbekiston terma jamoasini boshqargansiz. Bu safargi musobaqadan oldingi fikrlaringiz?
Vadim Abramov: - Oradan 4 yil o'tdi. SHu bois jamoalarda ko'p narsa o'zgarib ketgan. Guruhdan chiqishga ishonaman. Pley-off o'yinlari qiyin o'tishi aniq. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman.

- Keyingi mavsum uchun qanday vazifalar qo'yildi?

Vadim Abramov: - Hozircha rahbariyat bilan maqsadlar haqida gaplashmadik. Lekin "Lokomotiv" doim o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadi. Biz har bir musobaqada g'olib chiqishi uchun kurashamiz. Asosiysi yutuq emas, ishtirok shiori bizga to'g'ri kelmaydi.

To'labek Akromov: - OCHLda qatnashadigan qolgan klublardan hech bir jabhada qolishmaymiz. SHu bois finalga qadar etib borishga urinamiz.

- Keyingi yil oliy ligamiz yanada qiziqarli o'tishi uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?
Vadim Abramov: - Avvalo o'yinlarni qoldirish, uchrashuvlar sanalarini boshqa kunga ko'chirishlarni kamaytirish kerak. Bundan tashqari oliy liga formatini o'zgartirish mumkin. O'zbekiston sharoitida 26ta o'yin juda kam, bizning iqlimda 50ta o'yin o'tkazsa bo'ladi.

- Bu mavsum qaysi jamoalarga qarshi bahslar og'ir kechdi?

Vadim Abramov: - Dastlabki to'rt o'rinni egallagan klublarga qarshi o'yinlar biz uchun qiyin va qiziqarli kechdi. Kubok doirasidagi "Paxtakor" bilan o'yinlar ham qiziqarli kechdi. Eng yaxshi uchrashuvni esa Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazdik. Eng yomon o'yinimiz esa "Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyat bo'ldi degan bo'lardim.

- "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov ishtirok etmadi. SHundan so'ng jurnalistlar va sizning o'rtangizda tushunarsiz holat yuzaga keldi. SHunga izoh berib o'tsaniz.
To'labek Akromov: - To'g'ri o'sha o'yindan so'ng matbuot anjumani haqida internet saytlarida maqolalar yozildi. Lekin ularning bari bir tomonlama yozildi. Men o'sha kunni eslashni istamayman. Agar klubimiz jurnalistlarni xafa qilgan bo'lsa men "Lokomotiv" klubi nomidan uzr so'rayman.

- Jurnalistlar va muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

Vadim Abramov: - Jurnalistlarga professionalroq bo'lishlarini tilab qolaman. Ulardan obektiv bo'lishlarini so'rab qolardim. Sababi aynan ular futbolimizni xalqqa etkazib borishadi. Muxlislardan esa kelib bizni qo'llab turishlarini so'rab qolaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика