Vadim Abramov: "Savollaringiz bo'lsa marhamat!"

12 noya 2014, 20:13
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov ishtirok etdi.
O'yin haqida nima ham derdim. Hamma o'zi ko'rdi. Savollar bo'lsa beringlar.

- Marat Bikmaevni maydonga tushirilishi oldindan o'ylangan rejamidi?
- Oldindan rejalashtirmagan edim. O'yin jarayonidan kelib chiqib uni maydonga tushirgandim.


- Meni bir narsa qiziqtiradi. Futbolchi besh o'yinga diskvalifikaciya qilinishi uchun qanday tartibda raqibi yuziga urishi kerak?
- Reglamentni yaxshi o'qish kerak. Hammasi reglament bo'yicha bo'ldi. Reglamentda futbolchi raqibi yuziga urgani uchun ikkita o'yinga chetlatiladi.

Manba: championat.asia