So’nggi yangiliklar

20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  0 20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 1:1 (матнли трансляция)  23 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  9 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4

Vadim Abramov: "Pro-ligada ishlash niyatim yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Pro-ligada ishlash niyatim yo'q"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramovdan yangi mavsum rejalari va boshqa mavzularda qisqacha intervyu oldik.

Yangi mavsum rejalari haqida
- Yangi mavsum uchun rejalarimiz qanday? Biz o'zimiz ham bilmaymiz. Hech qanday reja yo'q. Hech kim bizga hech narsa demayapti. Balki bugun (muallif: kecha) aytishar. O'FFda bugun majlis bo'lishi kerak. Hozircha hech qanday reja tuzganimiz yo'q. Kutib o'tiribmiz.

Abramovning "Neftchi" bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida tugaydi.

Agarda "Neftchi" jamoasi licenziyalashdan o'tsa, unda katta ehtimol bilan Abramov jamoada qoladi. Aksincha bo'lsachi, yani jamoa kelasi mavsumdan Pro-Ligada o'ynasa Abramov Farg'onada ishini davom ettiradimi?

Agarda "Neftchi" Superligada o'ynamasa, men jamoadagi ishimni davom ettirmayman. SHaxsan men kelasi mavsumda Birinchi ligada, yani Pro-ligada ishlamayman. Agarda Superligada o'ynaydigan bo'lsak, unda klub rahbariyati meni masalam bo'yicha yakuniy qarorga keladi.
Agarda "Neftchi" Superligada o'ynasa va men jamoada qolsam, unda albatta tarkibni kuchaytirish rejam bor.
Men "Neftchi"ni qabul qilib olganimda malum reja bilan ishga kirishgandim. O'shanda 14 o'rinni egallaydigan bo'lsak, unda elitada jon saqlab qolishimizni bilardik. CHunki o'shanda boshqa reglament edi. SHundan kelib chiqib, biz kelasi mavsumga o'zimiz tayyorlab qo'ygan reja asosida ishlayotgandik. Maqsad va rejamiz kelasi yili munosib ishtirok etishdan iborat edi. SHu vaziyatdan kelib chiqib, biz ko'proq urg'uni yoshlarga qaratib, ularni Oliy ligada chiniqtirib olayotgandik. Maqsad ularni ichidan munosiblarini saralab olish edi. SHu asnoda ko'plab yoshlar kerakli tajriba ham to'plab olishdi. Ularni oldiga 3-4 nafar kuchli va tajribali futbolchilarni qo'shib olib jamoani kuchaytirishni maqsad qilayotgandim. SHunda "Neftchi" yaxshigina raqobatbardosh jamoaga aylanardi, menimcha.

(c) Vadim Abramov

Eng zo'rlar haqida
Adashmasam, anketa to'ldirayotganimda eng yaxshi murabbiy deb "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni tanlagandim. Futbolchilar ichidan esa Marat Bikmaev. CHunki Bikmaev qator gollar urdi va to'purarga aylandi.

Boshqa jamoalardan takliflar bormi?
- Hozircha boshqa jamoalardan hech qanday takliflar kelib tushgani yo'q.

Yangi format haqida
- Men aslida yangi format haqida bundan ancha yillar ilgari gapirgandim. Yani 2008 yilda Oliy ligada 12 jamoa qoldirilishi kerakligi haqida o'zim tashabbus bilan chiqqandim. O'shanda Oliy ligadan ikkita jamoa quyi ligaga tushib ketishi kerak bo'lgan va Birinchi ligadan ikkita jamoa Oliy ligaga qo'shilishi lozim edi. Ammo qaysidir sabablarga ko'ra, Birinchi ligadan hech bir jamoa Oliy ligada o'ynashni istamagandi. O'shanda yakunda Oliy ligani hech kim tark etmadi. Men o'sha yiliyoq Oliy ligadagi jamoalar sonini 12taga  qisqartirish taklifini bergandim. To'rt davralik tizimda ikki davradan keyin kuchli oltitalik va qolgan olti jamoa o'rtasida yana ikkita davra o'tkazish taklifini aytgandim. Lekin o'shanda "Paxtakor" va "Bunyodkor" bu taklifga qarshi chiqqandi. Ammo bu 2008 yildagi gap.
Hozir esa 2017 yil. O'tgan 9 yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi?
Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari bo'ladi. Buni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak. Hamma narsani yaxshi tomonlarini olish kerak. Biz hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Buni bir stol atrofida o'tirib, maslahatlashish kerak. To'g'rimi? Balki biz ham biror narsalarni bilarmiz. Yordamlasharmiz.


O'FF elon qilgan ro'yxatdagi murabbiylar ichidan kim O'zbekiston terma jamoasiga mos tushadi?
- Men terma jamoaga qaysi kriteriyalar bo'yicha murabbiy tanlanayotganini bilmayman. Aynan kimnidir aytish juda qiyin. O'FF 9 nafar nomzod murabbiyni elon qildi. 29 nafar nomzodni ham aytish mumkin. Ammo terma jamoaga kerakli sifatlarga ega hech kim bilmaydigan mutaxassis yordam berishi mumkin. Yoki taniqli va kuchli murabbiy kelib hech qanday naf keltirmasligi mumkin. Bunga qadar ham bizga nomdor va kuchli mutaxassislar kelishgan. Masalan Ziko, Skolari shu jumlasidan.

Kim kelishidan qatiy nazar, biz o'sha mutaxassisga yordam beramiz. Muammo yo'q.

(c) Vadim Abramov


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика