Vadim Abramov: "Nazariy jihatdan Superligada qolish uchun imkoniyatimiz bor"
18 sen 2022 21:45
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Nazariy jihatdan Superligada qolish uchun imkoniyatimiz bor"
"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Luisma Ernandes Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda qaysidir manoda rejamiz o'xshadi. Ikkinchi bo'limda hech narsa o'xshamadi",- deydi Vadim Abramov.
- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmayapti...
- Barchasini o'zingiz aytib turibsiz. Zaxira o'rindig'imiz torliq qilmoqda. Bu narsa "Lokomotiv" bilan o'yinda ham o'z so'zini aytgandi. Futbolchilar charchab qolishmoqda. 1:2 vaqtida o'yinni o'zgartirishga harakat qilib ko'rdik.
- Jamoaning Superligadagi qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Nazariy tomondan imkoniyat bor. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Hakamlik? Hammasi joyida bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar