So’nggi yangiliklar

21:23Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Highlights  0 21:15Суперлига. "Насаф" – "Бунёдкор" 0:0. Highlights  2 21:07"Динамо" 90+10-дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Сурхон" билан ўйинда мағлубиятдан қутулиб қолди  13 21:01Суперлига. "Насаф" Қаршида бир киши кам бўлиб қолган "Бунёдкор"ни ютолмади  97 20:15"Ювентус"да мураббий ўзгаради  0 19:40"Олтин тўп" учун курашда Беллингем иккинчи ўринда  12 19:30"Тоттенхэм" сўнгги тур олдидан икки асосий футболчисини йўқотди  0 19:02Германия терма жамоаси Еврога йўл оладиган дастлабки футболчиларни эълон қилди  0 18:39Хави Симонс "Барселона"га ўтишга тайёр  4 17:57Хато – "Арсенал" ҳимоясини кучайтириш учун устувор вазифа  3 17:07Нани турк клуби билан шартномасини бекор қилди  1 16:40Клопп, Ройс, Мбаппе ва бошқалар — ёзда бизни кутаётган "айрилиқлар"  6 16:17"Челси" Почеттинони истеъфога чиқармоқчи эмас  3 15:52"Бавария" икки футболчисининг кетишини эълон қилди  0 15:28ПСЖ Доннарумма билан шартномани узайтириш устида ишламоқда  1

Vadim Abramov - Lutfulla To'raev, Andrey Pyatnickiy, terma jamoa va Osiyo kubogi haqida Yangiliklar

Vadim Abramov - Lutfulla To'raev, Andrey Pyatnickiy, terma jamoa va Osiyo kubogi haqida

"Dinamo" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Samarqandliklar kecha Toshkentdagi yig'in doirasida "Neftchi"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng "Dinamo" ustozi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Vadim Karlenovich yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti? 
- Odatdagidek tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Har bir klub o'z oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida ish olib bormoqda. Yig'inimizni Samarqandda boshladik. Toshkentda nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Hozir tarkib haqida nimadir aniq gap aytolmayman. CHunki tarkibni shakllantirish jarayoni ketmoqda. Yanvar oyida amirliklarda yig'in o'tkazamiz. Bunda nisbatan tarkibga, kimlarni safimizga qo'shib olishimizga aniqlik kiritishimiz mumkin bo'ladi. Ayni paytda o'zingiz ham guvoh bo'lganingizdek ko'plab futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi.

- Maqsad haqida gapirdingiz. Pro ligadan chiqqan klublar odatda dastlab Superligada qolish vazifasini qo'yadi. "Dinamo"da maqsad qanday?
- Mavsumga tayyor bo'lganimizdan so'ng oldimizga qo'yilgan maqsadni aytishim mumkin. 

- Tarkib kuchaytiriladimi?
- Albatta. SHubhasiz tarkib kuchaytiriladi. Jamoaning o'zagini tashkil qilgan yigitlarni saqlab qolganmiz. Tarkibga yana futbolchilar qo'shiladi. Bu jarayon davom etmoqda.

- Bizdagi malumotlarga qaraganda, "Dinamo" Lutfulla To'raev bilan muzokaralar o'tkazgan ekan?
- Bunday gap-so'z bo'lgani yo'q. Balki gazetalarda shunday yozishgandir. Ochig'i, uni bugun endi ko'rib turibman. Lutfulla To'raev "Neftchi" murabbiylar shtabida. Murabbiylik faoliyati bilan tabrikladim va omad tiladim.

- Legionerlar haqida fikringiz qanday? Ularning darajasi chempionatimizdan bir bosh ustunmi?
- Bunga real qarash kerak. Kuchli va klassi bir necha bosh baland legionerlar uchun katta pullar to'lashingiz kerak bo'ladi. Biz Saudiya Arabistoni emasmiz. Ko'rikdagi legionerlar borasida fikr bildirish qiyin.

- Andrey Pyatnickiyning "Dinamo" o'rinbosarlarini boshqarishi sizning tanlovingizmi?
- Bu taklif mendan chiqdi. Uni yaxshi bilamiz. "Spartak"da, Rossiya jamoalarida yoshlar bilan ishlagan. Samarqand yoshlari haqida o'ylashimiz kerak. Bunda Pyatnickiyning tajribasi qo'l kelishi mumkin. 

- O'zbekiston terma jamoasidan Osiyo kubogida nima kutyapsiz? Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Hozir terma jamoa yopiq tartibda shug'ullanmoqda. SHuning uchun biror fikr bildirolmayman. Guruhdagi raqiblarimizga kelsak, raqiblarga to'g'ri baho berilmasa, barcha jamoa bilan o'ynash oson kechmaydi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика