Vadim Abramov: "Keyingi o'yinda himoyachisiz o'ynaymiz shekilli"
26 okt 2022 20:45
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Keyingi o'yinda himoyachisiz o'ynaymiz shekilli"
O'yin haqida
Qisqasini aytadigan bo'lsak - juda yomon o'ynayapmiz. Muammolarimizni bilamiz, himoyada bironta himoyachi yo'q edi. Afsuski, qaydnomada atigi bir nafar markaziy himoyachi bor edi. U ham bugun maydonga tushmadi. O'ng qanot himoyachimiz bugun o'yin davomida jarohat oldi. Keyingi o'yinda umuman himoyachilarsiz o'ynaymiz shekilli.
- Bugun "Dinamo" Superligada qolish imkoniyatlarini butkul yo'qotdi. Pro ligada ham ishlaysizmi?
- CHempionatni oxirgacha tugatib olaylik, keyin barchasini muhokama qilib olamiz.
- Agar rahbariyat Pro ligadan jamoani Superligaga olib chiqishni taklif qilsa...
- Hozir bu haqda gapirishga erta. Mavsum to'liq yakunlansin, keyin gaplashib olamiz. Malum kelishuvlar bor, bu haqda o'ylab ko'ramiz, hammasini vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar