Vadim Abramov: "Ivan Nagaev uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketdi"
17 avg 2015 22:47
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ivan Nagaev uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketdi"
"Lokomotiv" - "So'g'diyona" (7:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi Vadim Abramov qatnashdi.
"Bugun hisob o'ta yirik bo'ldi, shunga ishongandik. Jamoa o'tgan o'yindagi mag'lubiyatni unutib maydonga tushdi. Yirik g'alabadan xursandman".
"So'g'diyona"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimiz tufayli raqib deyarli imkoniyat yarata olmadi. Keyingi o'yinlarda ham shunday o'ynashga urinamiz".
"Ivan Nagaev Quvaytda o'ynab qaytganida PFLdan uni hech bo'lmasa yoshlar tarkibida o'ynashga ruxsat berishini so'rab murojaat qildik, ammo bunga imkon berishmadi. Ivan ancha vaqt davomida o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. SHu bois ham uni bugun maydonga tushirmadim. Tez orada u yana o'z formasiga kirib oladi".
"Bobur Yo'ldoshev jarohat olib safdan chiqdi. Menimcha taxminan 3 hafta davomida maydonga tusha olmasa kerak. Ikkinchi bo'limda yigitlarga muxlislar uchun o'ynash kerakligini aytdim. Ob-Havo ham futbolga mos bo'ldi", - deydi Vadim Abramov.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar