Vadim Abramov: "Ikkinchi bo'limda ikkita goldan so'ng negadir o'ynamay qo'ydik"
26 avg 2015 22:55
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Ikkinchi bo'limda ikkita goldan so'ng negadir o'ynamay qo'ydik"
"Yigitlar kechagi "Paxtakor"ning natijasini eshitib bugun yutishni juda ham ko'p xohlab yuborishdi. O'yin esa chiqmadi. O'zgarishlardan so'ng biroz o'zimizga keldik. Ikkinchi bo'limda ikkita goldan so'ng o'ynamay qo'ydik. Balki termaga chaqirilgan futbolchilar o'zlarini biroz ayashgandir. Dilshod Rahmatullaev almashtirilganidan so'ng zaxira o'rindig'iga ham o'tirmadi? Bu borada murabbiy ish olib borishi kerak, bu haqda gaplashib olamiz. 31 avgustga qadar yigitlarga javob berdik. SHundan so'ng kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazamiz. Orada "Mashal" bilan o'ynaymiz. 12 sentyabr kuni "Paxtakor" bilan o'yin qoldirilishi mumkin? Bu mish-mishi eshitdim. Ammo nima sababdan qoldirilishi mumkinligini bilmayman. Bizning jamoadan ham 6 nafar futbolchi termaga ketadi. PFL bunday qilmasa kerak", - deydi Vadim Abramov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar