So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  145 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Vadim Abramov ikki qayiqni boshqarishda davom etadimi? Bundan qaysi tomonga foyda? Yangiliklar

Vadim Abramov ikki qayiqni boshqarishda davom etadimi? Bundan qaysi tomonga foyda?

28 noyabr kuni O'FA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tgan, unda bir qator masalalar muhokama qilingan edi.


SHu qatorda terma jamoalar masalasi ham ko'rib chiqilgan va ijroiya qo'mita qaroriga muvofiq shu yildan O'zbekiston milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylarining faqat terma jamoada ishlashi shart qilib qo'yilgandi. 

Lekin, Vadim Abramov "Bunyodkor" jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda ko'rinish berayotganini barcha bildi. To'g'ri, terma jamoa murabbiyi sifatida ushbu holatni tabiiy qabul qilsak bo'ladi. Yani terma jamoaga nomzod futbolchilarni kuzatgani kelayotgan bo'lishi mumkin. Ammo, o'yin davomida ko'rsatmalar berayotganini qanday izohlash mumkin? Bu joriy mavsumga jamoani Abramovning o'zi tayyorlayotganini anglatadimi? Murabbiyning "Bunyodkor" bilan shartnomasi 2020 yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga etgan. Qonun-qoidaga ko'ra amalda shartnomasi bo'lmagan murabbiy jamoani boshqarishi mumkin emas yoki Abramov klub bilan yangi bitimga imzo chekkan. Ushbu masala mavhumligicha qolmoqda. Mutaxassis OAVlardan biriga bergan intervyusida "Bunyodkor"dan ketishini va butun etiborini O'zbekiston milliy terma jamoasiga qaratishini aytgan. Ammo hozircha biz bu gaplarini isbotini ko'rganimiz yo'q. SHu o'rinda savol tug'iladi: termamiz murabbiyi ushbu mavsumda ham avvalgi yillarda bo'lgani kabi ikki jamoada faoliyatini davom ettiradimi? Ha, javobi yo'q. Oldinda bizni masuliyatli uchrashuvlar kutmoqda. SHunday ekan, asosiy etiborni terma jamoaga qaratgani maqulroq. Nima bo'lganda ham, milliy terma jamoa manfaati barcha narsadan ustun turishi lozim. Avvalgi yillarda bunday tajriba hech qanday naf bermagan, Mirjalol Qosimov 2008 va 2014 yilda terma manfaati yo'lida ikki bor klubdagi ishini tashlab ketishga majbur bo'lgan. Abramov murabbiyligida ikki bor olimpiadadan quruq qolganimiz esdan chiqmaydi. O'shanda u "Traktor" hamda O'zbekiston milliy terma jamoasini birga boshqargan. Bir xatoni ikkinchi bor takrorlash bizni mundial orzusidan yana bir bor mosuvo qilmasa edi. 

Ikki qayiqni birvarakayiga boshqarib, ikkisida ham cho'kib ketgan yaxshimi yoki bir qayiqni boshini tutgan holda manzilga muvaffaqiyatli tarzda etib borgan yaxshimi. Ko'pchilik ikkinchi variantni maqullashi tabiiy. Ikkita quyonni ketidan quvgan oxiri hech birini tuta olmaydi va o'ljasidan quruq qoladi. Bular bir oddiy hayotiy misollardir. Abramov nimani o'ylayotgani faqat o'ziga malum. Hozirda Timur Kapadze "Lokomotiv"ni, Ravshan Haydarov esa "Surxon"ni tark etgan . Ular yoshlar va olimpiya terma jamoalarida faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Yaqin orada Abramovning ham "Bunyodkor"ni rasman tark etgani haqida malumotlar chiqishiga ishonamiz.

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика