So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Vadim Abramov: "Dinamo" oldiga qanday maqsad qo'yilgan? Kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Dinamo" oldiga qanday maqsad qo'yilgan? Kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak"

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Pro liganing birinchi turidan o'rin olgan "Mashal"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida

- Birinchi navbatda mavsumning ochilish o'yini bilan barchani, muxlislarni tabriklayman. Ilk tur doim qiyin o'tgan. CHempionat boshlanishi 2-3ta o'yin og'ir bo'ladi. Keyinchalik moslashib ketiladi. Natijamiz yaxshi, lekin o'yinimiz borasida kamchiliklarimiz bor. "Mashal" yaxshi jamoa, ular bilan qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida ikki marotaba uchrashgan edik. O'yinga bo'lgan rejasi borligi malum edi. Bizni qarshi hujumda ushlashgandi. Bugun ham shunday bo'lib chiqdi. Futbolchilarga rahmat aytaman, qanday o'ynash kerak bo'lsa, shunday harakat qilishdi. 

- Legionerlarning harakatidan qoniqdingizmi?

- Legionerlar yaxshi to'p tepishdi. O'zlarini ko'rsata olishdi. Biroq 3:0 vaqtida futbolchilar biroz noto'g'ri o'ynashdi. Bu xavotir oladigan jihat bo'ldi. Birinchi bo'limda ham vaziyatlar bo'ldi, shoshildik. "Mashal" bilan hammaga qiyin kechishi aniq. Natijadan mamnunman. 

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Endi birinchi o'yin yakunlandi. Bu haqda gapirishga erta, deb o'ylayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi, kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика