So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Vadim Abramov: "Derbi qiziq kechishiga shubha yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Derbi qiziq kechishiga shubha yo'q"

Ertaga "Lokomotiv" oliy liganing navbatdagi turini o'tkazadi. Bu safar "termiryo'lchilar" amaldagi chempion "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borishadi.
Poytaxt derbisi maqomiga ega bahsning qiziq kechishi kutilmoqda. Bu haqda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov ham saytimizga bergan intervyusida aytib o'tdi.

- Derbi o'z nomi bilan derbi. SHunday ekan, "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinimiz qiziqarli kechishiga shubha qilmayman. Muxlislarimiz ko'z o'ngida chiroyli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz, - deydi Vadim Abramov.

- Vadim Karlenovich, o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Hammasi reja bo'yicha. Ish jarayoni davom etmoqda, futbolchilar ertangi uchrashuvga tayyor.

- Tarkibda hamma sog'mi? Jarohat olganlar yo'qmi?
- Islom To'xtaxo'jaevni biroz jarohat bezovta qilmoqda. SHu bois u kechagi mashg'ulotda ishtirok etmadi. O'yingacha uning holatini nazorat qilib turamiz.

- Sizningcha, "Paxtakor" hozir qanday holatda?
- Raqib hurmatga loyiq jamoa hisoblanadi. Ular chempionlar ligasining safar o'yinlarida mag'lub bo'lishmadi. SHuningdek, ichki chempionatda ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda.

- Katta ehtimol bilan "Paxtakor" tarkibida Jamshid Iskanderov va Kaxi Maxaradze maydonga tushmasligi mumkin. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, bu "Loko"ga qo'shimcha plyus bo'ladimi?
- Bu haqda bir narsa deyish mushkul. Menga qolsa, "Paxtakor" bizga qarshi o'zining etakchi o'yinchilari bilan o'ynagani maqul. CHunki Iskanderov bilan Maxaradzening imkoniyatlarini bilamiz. SHunda o'yin yanada keskin kechadi.

- Statistika shuni ko'rsatyaptiki, "Lokomotiv" o'z maydonida "Paxtakor"ni hali oliy ligada mag'lub eta olmagan. Bu sizni bezovta qiladimi va "Lokomotiv" bu ananani yo'qqa chiqarishga tayyormi?

- Bu meni bezovta qilmaydi, lekin o'yinga aloqador har qanday malumot yoki statistikani bilib qo'yishning zarari yo'q. Futbolda anana har doim bir xil davom etmaydi. U qachondir buzilishi kerak. Nasib qilsa, bu safar biz g'alaba qozonamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика