So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Vadim Abramov: "Bunyodkor" bilan shartnomam yil oxirida tugaydi, keyin esa..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bunyodkor" bilan shartnomam yil oxirida tugaydi, keyin esa..."

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"CHempionatning so'nggi o'yinidan oldin bizda hech qanday vazifa yo'q edi, medallar o'z egalarini topib bo'ldi. SHu bois yigitlarni o'yinga ruhlantirish og'ir bo'ldi. Ularga maydonga tushib o'ynashgani uchun rahmat aytaman. Menimcha durang adolatli natija bo'ldi", - deydi Abramov. 

- Kubokda ham "Qizilqum" bilan o'ynaysizlar. Ruhlantirish qiyin bo'lmaydimi?
- Bu yil qo'lga kiritishimiz mumkin bo'lgan so'nggi sovrin bu mamlakat kubogi. SHu bois bo'lajak o'yinga munosabat jiddiyroq bo'ladi.

- Bu yilgi mavsumda shogirdlaringiz o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Aytish qiyin. Mavsum oxiri, yigitlar charchashgan.

- 2021 yilda ham Vadim Abramovni "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida ko'ramizmi?
- Agar shunday mish-mishlar bor ekan ko'ramiz. SHartnomam yil oxirida tugaydi. Keyin nima bo'lishini hozircha bilmayman.

- "Bunyodkor" futbolchilarini kubokni qo'lga kiritish uchun ruhlantirsa bo'larmikin?
- Albatta, faqat butun yil davomida futbolchilarga vada berib kelayapmiz, yil tugamoqda, natija esa yo'q. Agar futbolchilar uchun hech bo'lmasa malum muammolarni hal qilinsa ruhlantirish osonroq bo'ladi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham kubokda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика