So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  5 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  0 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  11 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  28 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5

Vadim Abramov: "Bugun boshqacha taktikada harakat qildik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugun boshqacha taktikada harakat qildik"

O'zbekiston kubogi chorak finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Dinamo" - "Lokomotiv" (3:4) uchrashuvidan so'ng Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan hafta Samarqandda "Dinamo" bilan o'ynagandik. Bitta raqib bilan ikki bor o'ynash doim og'ir. Birinchi bo'limni yaxshi boshladik, ammo kutilmaganda yo'l qo'yilgan xatolar tufayli o'zimizga muammolar olib keldik. Biroq shunday holatdan chiqib ketib g'alaba qozonganimiz xursand qildi", - deb gap boshladi mehmonlar bosh murabbiyi.

"Bugun boshqacharoq o'ynadik, taktikani o'zgartirishga urindim. Bundan tashqari raqib safida ham bir qator yoshlar borligini ko'rdim. SHu bois zaxiradagi futbolchilarga imkon berdim. Nagaev va Mustafoev kabi futbolchilarning maydonga tushmagani sababi ularga dam berdim. Biz qisqa vaqt ichida "Neftchi" bilan, so'ngra yana "Dinamo", keyin "Buxoro" bilan o'ynaymiz. Agar yarim finalga chiqsak yana ikkita uchrashuv o'tkazamiz. SHu sababli kamroq maydonga tushayotganlarga imkon berishga qaror qildim", - deydi Abramov.

Behbud Erkinov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика