Vadim Abramov: “Bizlar – vatanparvarmiz, terma jamoa manfaati esa hamma narsadan ustun”
31 iyu 2014 13:28
Yangiliklar
Vadim Abramov: “Bizlar – vatanparvarmiz, terma jamoa manfaati esa hamma narsadan ustun”
Bugun “Lokomotiv” ikkinchi davra oldidan jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarni tanishtirdi.
Tanishtiruv marosimida klub bosh murabbiyi Vadim Abramov ham ishtirok etib, jurnalistlar tomonidan berilgan bir qator savollarga javob qaytardi. Vadim Karlenovichga Osiyo o'yinlariga boradigan tarkib bilan bog'liq savollar ham berilgani bois quyidagi intervyu yuzaga keldi.
- Vadim Karlenovich, malumki sentyabr oyi o'rtalarida Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamiz Inchonga jo'nab ketadi. Bu musobaqada asosan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar, shuningdek yoshi katta uch nafar o'yinchi to'p tepishi mumkin. “Lokomotiv”dan ushbu musobaqaga ikki nafar himoyachi - Bobur Yo'ldoshev bilan Salim Mustafoevning borishi kutilmoqda. Klubga taklif etilgan himoyachilar (Sahob Jo'raev, Artyom Filiposyan, SHavkat Mullajonov) o'shalarning o'rnini yopish uchun olindimi?
- Biz kimni o'z tarkibimizda ko'rishni xohlagan bo'lsak, shu futbolchilarni jamoaga taklif etdik. Agar jamoamizdan kimdir Osiyo o'yinlariga boradigan bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lamiz.
- Aytaylik, terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov yoshi 23dan katta uch nafar futbolchingizni ham olib ketsa, qanday yo'l tutasiz? Masalan, Aleksandr Geynrix, Lutfulla To'raev va Islom To'xtaxo'jaevni.
- Bilasizmi, bazilar men haqimda yomon gaplarni tarqatib yuribdi. Nima emish, men “Lokomotiv”dan qaysi futbolchi terma jamoaga chaqirilsa, o'zingni ko'rsatma, yaxshi o'ynama deb aytayotgan emishman. Ummon bilan o'rtoqlik o'yinida SHavkat Mullajonov to'pni darvozadan ancha balandga tepib yuborgandi, bunda ham meni ayblashdi. Yoki bo'lmasa Jasur Hasanovning o'yini qovushmaganda ham aybni menga to'nkashdi. Futbolchining rizqi maydonda, u to'p tepib pul topadi. SHunday ekan, men qanaqasiga terma jamoada yaxshi o'ynama, klubda o'zingni ko'rsat deb aytishim mumkin. Axir bu dushmanlik-ku! Endi savolga keladigan bo'lsak, terma jamoa bosh murabbiyi tarkibga kimni olishni o'zi biladi. Agar bizdan o'yinchi oladigan bo'lsa, bundan xursand bo'lamiz. Oliy ligada har bir klubning maqsadi yuqori o'rinlar uchun kurashish bilan birga terma jamoaga ham yaxshi futbolchi tayyorlab berish bo'lishi lozim.
- Evropa klublarida bu borada vaziyat sal boshqacha. Osiyo o'yinlari FIFA taqvimidan o'rin olmagani bois Mirjalol Qosimov legionerlarni musobaqaga olib bormaydi. SHunday ekan, yoshi 23dan katta uch nafar futbolchi ham o'zimizning oliy ligada o'ynayotgan o'yinchilardan bo'ladi. Masalan, “Lokomotiv” ham o'z huquqini himoya qilgan holda terma jamoaga o'yinchi bera olmaymiz deyishi mumkinmi? Vaholanki, shunday deyishga haqqi bor.
- To'g'ri aytdingiz, shunday deyishga haqqimiz bor, lekin biz - vatanparvarlarmiz! Qolaversa, Evropadan farqli o'laroq mentalitetimiz ham boshqacha. Biz uchun terma jamoa manfaati har qanday klubning shaxsiy qiziqishlaridan ustun turadi. Etibor bering, klubimiz shifokori, massajchisi, kerak bo'lsa mamuri milliy terma jamoada ham faoliyat olib boradi. Demak, “Lokomotiv” O'FF bilan hamkorlik qilyapti deya olamiz. Bundan tashqari, futbolchilarimiz terma jamoaga chaqirilmoqda.Terma jamoa Osiyo o'yinlaridan g'oliblik bilan qaytadigan bo'lsa, bundan hammamiz xursand bo'lamiz. Faqat terma jamoa ustozi klubimizdan kimlarni olib ketishi borasida bizni xabardor qilib qo'ysa bo'lgani. SHunday hech qanday savol yuzaga kelmaydi.
X.Xoliqov yozib oldi.

Fikrlar