So’nggi yangiliklar

17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  0 17:44"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  0 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  2 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  4 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  9 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  17 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  4 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0

Vadim Abramov: "Argentina yuta olmasa birinchi bo'lib Messiga tanqid toshlari otiladi..." (Matbuot anjumani) Yangiliklar

Vadim Abramov: "Argentina yuta olmasa birinchi bo'lib Messiga tanqid toshlari otiladi..." (Matbuot anjumani)

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Falastin uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Vadim Abramov qatnashdi.

Unga yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov hamrohlik qildi. 

Qanchalik muhim o'yin ekanligini barcha bilib turibdi. O'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz shart. Juda masuliyatli o'yin. Ertaga g'alaba qozonish va keyingi yilgi uchta bahsga xotirjam tayyorgarlik ko'rish kerak. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. SHu bois oxirigacha kurashamiz", - deydi Abramov.

"Eng muhim o'yinlarimizdan biri deb o'ylayman. Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan keyin muxlislar oldida ozgina uyatli bo'lib qoldik. Ularning ishonchini oqlash uchun g'alaba qozonishimiz kerak bo'ladi", - deydi Masharipov.


- Mag'lubiyatdan keyin yigitlarning ruhiy holati qanday?
- Bu futbolchilar professional. Maydonga tushib g'alaba qozonish kerak, muxlislarga quvonch bag'ishlashlari lozim. Falastinga birinchi o'yinda yutqazgandik, shu bois qarzni qaytarish kerak.

- Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan keyin yigitlarga so'nggi daqiqalarda qanday himoyalanish kerakligini tushuntirdingizmi? Balki himoyada ayyorlik qilish kerakmikin?
- Mantiqsiz gollar o'tkazdik. Dunyodagi istalgan jamoa ko'p hujum qilsa himoyada bo'sh zonalar paydo bo'ladi. Bu futbol. To'g'ri bunday bo'lmasligiga harakat qilamiz. Falastin oddiy va effektiv futbol o'ynaydi. Baland bo'yli himoyachiga to'p uzatiladi va hujum boshlanadi. Raqibga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushuntirayapmiz.

- Falastinga qarshi himoyada qanday o'ynaymiz?
- Krimec shamollab qoldi va afsuski Falastin bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Uni Falastinga qarshi o'yinda maydonga tushirmoqchi edik. Raqib safida bo'ydor hujumchi bor. Endi buni o'ylab ko'ramiz.


- O'FA siz bilan qanday shartnoma tuzgan? Agar keyingi bosqichga chiqsak jamoada qolasizmi?
- Iltimos oldinga yugurmaylik, hozir biz bo'lajak o'yinlar haqida o'ylayapmiz. Keyinchalik nima bo'lishini ko'ramiz.

- Odil Ahmedovni ikkinchi taymda maydonga tushirsa bo'lmaydimi? Bundan tashqari Suyunovdan tajribaliroq darvozabon topib uni maydonga tushirsa bo'lmaydimi?
- Odil Ahmedovga kelsak o'z vaqtida SHackixni ko'p tanqid qilishardi. Nimaga bilasizmi? Sababi terma jamoa yutqazsa eng birinchi etakchilar tanqid qilinadi. Masalan, Argentina yutqazsa Messini tanqid qilib tashlashadi. Eldorbek Suyunov ayni paytda terma jamoaning birinchi raqamli posboni. Kelinglar bu ciklni tugatib olaylik. U hali darvozabonlar uchun yoshi ancha yosh. Kimni taklif qilasiz? Botirali Ergashev? O'tkir Yusupov? Hozir ancha darvozabonlarni sanashingiz mumkin, keyingi safar boshqa darvozabonlarni chaqirsak yana boshqa 3-4 nafar futbolchini taklif qilasizlar...


- Masharipov "Paxtakor"da yaqqol etakchi, ammo terma jamoada hali bunday emas... Yoningizda o'tirganidan foydalanib bu borada nima deya olasiz?
- U "Paxtakor"da etakchi to'g'ri, ammo bu klubning raqiblari 70 foizga kuchsiz. Terma jamoada esa eng kuchli futbolchilar raqib bo'lishadi.

Jaloliddin Masharipov: - Terma jamoada ham lider bo'lishga harakat qilamiz.

- Terma jamoada mahalliylashtirishga qanday qaraysiz?
- Bilasizmi butun dunyoda shunday qilishmoqda. Men terma jamoamizga haqiqatdan ham yordam bera oladigan futbolchilarni mahalliylashtirishga ijobiy qarayman. Masalan, "Navbahor"da himoyachi Igor Golban va "Paxtakor"da Dragan CHeran.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика