So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Vadim Abramov "Andijon" bilan o'yindan so'ng: "Bunday maydonda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etib bo'lmaydi" Yangiliklar

Vadim Abramov "Andijon" bilan o'yindan so'ng: "Bunday maydonda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etib bo'lmaydi"

Coca Cola Superligasining 23-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” hamda “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- O'ylashimcha, o'yin hisobga mos bo'ldi. Ikki jamoa ham g'alabaga haqli emasdi. Futbol shunaqa, o'yin yakunida oldinga chiqib olgandik, lekin yakunda alamli gol o'tkazib yubordik. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Muxlislarga yoqdimi yoki yoqmadimi, bilmayman. Maydon chiroyli o'yin namoyish etishga yo'l qo'ymadi, bunday maydonda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etib bo'lmaydi.

- Sizga ham terma jamoada, ham klubda ishlash qiyinchilik tug'dirmayaptimi?


- Nimasi qiyin bo'lishi mumkin, baribir zahira o'rindig'ida o'tiramanku! Bugun terma jamoa o'ynamayapti-ku, shu bois men bu erdaman. O'ylaymanki, ikki frontda ishlash qiyin emas.

- Hakamlik haqida nima deysiz?


- Nima deyishim mumkin? O'z saviyasicha hakamlik qildi. Men bilmadim nima uchun ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. Men undan nima uchun ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatding deb savol bersam, vaqt cho'zgani uchun deb aytdi.

-“Andijon” tarkibida milliy terma jamoasiga tortadigan futbolchilar bormi?

- Men “Andijon” futbolchilari deyarli barchasini bilaman. O'zingiz nima deb o'ylaysiz, terma jamoasiga tortadigan futbolchi bormi? Kim? Ubaydullaev? Albatta, unga bunday maydonda to'pni etkazib berishyapti va u tez yugurib gol urmoqda. Bunday maydonda kimgadir baho berish mushkul. To'g'ri, tezkor, iqtidorli futbolchi. Lekin terma jamoada o'ynash uchun tajriba kerak. Hisobga olib qo'yamiz Ubaydullaevni. Agar Ubaydullaev SHomurodov yoki Abduholiqovdan kuchli bo'lganida terma jamoaga olgan bo'lar edim.

- “So'g'diyona” OFK licenziya talablarini bajara olmabdi degan gap yuribdi. SHu sabab shogirdlaringiz xotirjamlikka berilib qolmadimi?


- Voqealar rivojidan ilgarilab ketishimiz kerak emas. Oldimizda uchta o'yin turibdi. So'nggi o'yinlar biz uchun qiyin o'tmoqda. Bilaman negaligini. CHunki, zaxira o'rindig'imiz u qadar katta emas. Qolaversa, tarkibimizda Olimpiya terma jamoasi futbolchilari ko'p. SHu bois, jamoamizda qandaydir pasayish kuzatildi. Oldimizda uzun tanaffus turibdi. Lekin Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarimiz BAAda o'tkaziladigan turnirga ketishadi. U erda 13, 15, 17 va 19 noyabr kunlari o'yin o'tkazishadi. BAAdan qaytashganidan so'ng, 24 noyabr kuni “Navbahor” bilan o'yinimiz bor. Endi o'zingiz tasavvur qilib ko'ring u futbolchilar qanday ahvolda jamoamiz ixtiyoriga qaytib kelishini. Bizda ularni o'rnini bosadigan futbolchilar yo'q.

- Farruh Ikromovni o'yiniga qanday baho berasiz? Xuddi o'zi uchun futbol o'ynayotgandek tuyulmoqda.


- Bo'ydoq futbolchi, to'p uchun kurashlarda ishtirok etishi uchun bugun maydonga tushirgandim. Uning men biladigan kuchli taraflari bor. O'ylashimcha, u bugun yomon o'ynamadi.


"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика