So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  0 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  0 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  1 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  27 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  19 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9

"UzReport TV" telekanalining Evro-2016 futbol uchrashuvlarini suniy yo'ldosh orqali translyaciya qilish bo'yicha eloni Yangiliklar

"UzReport TV" telekanalining Evro-2016 futbol uchrashuvlarini suniy yo'ldosh orqali translyaciya qilish bo'yicha eloni

Teglar :  UZREPORTTV
UzReport TV telekanali UEFA talabiga ko'ra, Evro-2016 uchrashuvlarining YAMAL 401 suniy yo'ldoshi orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciyalarini vaqtincha to'xtatib turilishini elon qildi.

Telekanal texnik xodimlari tez orada geografik cheklov tizimini ishga tushirishi kutilmoqda. Bu cheklov ishga tushganidan so'ng yurtimizdagi futbol muxlislari Evro-2016 uchrashuvlarini Yamal 401 suniy yo'lodoshi orqali “UzReport TV” telekanalida tomosha qilishda davom etishlari mumkin bo'ladi. 

UEFA tomonidan bunday talab qo'yilishining sababi, suniy yo'ldosh signali O'zbekiston hududidan tashqari yana qo'shni davlatlar va boshqa xorijiy davlatlar hududlarini ham qamrab olayotganligi bo'ldi. Malum bo'lishicha, UEFA tomonidan bunday choralar Tojikiston va Turkmaniston telekanallariga nisbatan ham qo'llanilgan.

SHu bilan birga, qayd etish joizki, YAMAL 401 suniy yo'ldoshi orqali Evro-2016 musobaqalarini tomosha qilayotgan muxlislar futbol o'yinlarini ertasi kuni soat 17:00da takroriy efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, UzReport TV telekanalini kabel televideniesi (O'KT), shuningdek, “UzDigital TV”, Stars TV, IPTV abonentlari hamda www.mediabay.tv Internet-resursi foydalanuvchilari tomosha qilish imkoniga egalar.

Bundan tashqari, Evro-2016 uchrashuvlarini quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish ham mumkin: “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YOTRK), “Muloqot TV” (Qo'qon), “Ruxsor TV”, “Marg'ilon TV” (Marg'ilon), “Jizzax TV” (Jizzax), STV (Samarqand), “Istiqlol TV” (Buxoro), “Nasaf TV” (Qarshi), “Ishonch TV” (Termiz), “Ellikqala TV” (Qoraqalpog'iston).

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика