UZREPORT TV Chempionlar ligasi o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatadi (batafsil)

Aslanov Jasurbek
25 avg 2015, 18:26
UZREPORT TV telekanali ( UZREPORT axborot agentligi) O'zbekiston hududi uchun Chempionlar ligasi translyatsiyasini to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatish huquqini sotib oldi.

Kanal xarid qilgan paketda, o'yinlar translyatsiyasi, "Highlights" (xavfli vaziyatlar), "Magazines" (turnirga oid ko'rsatuvlar) bo'limlari mavjud. Bu mavsumning to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalari Chempionlar ligasi guruh bosqichidan boshlab "UZREPORT TV" telekanalida ko'rsatiladi.

Shuni qayd etish joizki, "UZREPORT" axborot agentligi O'zbekistonda Chempionlar ligasi o'yinlarini ko'rsatish huquqini qo'lga kiritgan birinchi agentlikdir.

"Bu muvaffaqiyat  SARAN MEDIA vakillari bilan o'tgan muzokaralar mahsuli. Bu yili "UZREPORT TV" o'zining yangi konsepciyasini tasdiqladi, unda sog'lom hayot tarzini rivojlantirish va telemuxlislarning sportga bo'lga qiziqishini orttirish ko'zda tutilgan. UEFA Chempionlar ligasi o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatish media-huquqini qo'lga kiritishimiz telekanalimiz auditoriyasi kengayishiga xizmat qiladi degan umiddaman" - deydi agentlik bosh direktori Ravshan Jo'raev.

"To'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalardan tashqari "UZREPORT TV" telekanalida "Highlights" - o'tgan o'yinlarning xavfli vaziyatlari va "Magazine" turnirga oid ko'rsatuvlar namoyish etiladi" - deydi "UZREPORT TV" bosh muharriri Dilshod Sultonov.

27 avgust kuni Monakoda Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlanadi. "UZREPORT TV" kanalida UEFA Chempionlar ligasi o'yinlari 15 sentyabrdan efirga uzatiladi.

Ayni damda "UZREPORT TV" to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalar uchun sharhlovchilarni tanlovini amalga oshirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzreport.uz