Uzoq kutilgan xabar: Ronaldu uylandi

20 noya 2019, 23:23
Bu haqida Italiyaning "Novella 2000" jurnali ma'lum qildi.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nihoyat Jorjina Rodrigesga uylandi. Juftlikning to'y marosimi Marokashda jamoatchilik uchun yopiq tarzda o'tkazilgan. Jorjina va futbolchining onasi Dolores Aveyru o'rtasidagi munosabatlar yomonligi bois tadbir yashirin tarzda o'tkazilgan, marosimda fotograflar ham qatnashmagan. Er-xotin hozircha to'y haqidagi ma'lumotlarni rasman tasdiqlashmadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu va Jorjina 2016 yildan beri birgalar. 2017 yilda ularning qizlari Alana dunyoga kelgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru