"UzDongJu" tayyorgarlikni davom ettirmoqda, tarkibda o'zgarishlar bor
22 iyu 2016 11:26
Yangiliklar
"UzDongJu" tayyorgarlikni davom ettirmoqda, tarkibda o'zgarishlar bor
Birinchi liga vakili UzDongJu jamoasi Toshkent viloyati Qiziltog' shaharchasiga kecha tushdan so'ng etib keldi va mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
Mashg'ulotlar
2 mahaldan olib borilmoqda. Ertalabki mashg'ulotlarda jismoniy
tayyorgarlikka etibor qaratilayotgan bo'lsa, kechki mashg'ulotlarda asosan
to'plar bilan ishlanmoqda.
Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak
darvozabon Dilmurod Mamayusupovni Cementchi jamoasiga ijara asosida
berib yuborildi. Birinchi davrada Lokomotiv BFK jamoasi sharafini himoya
qilgan darvozabon Ravshan Yagudin jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
SHuningdek Kosonsoy jamoasiga ijaraga berilgan Sardor Asqarov yana ortga
kaytarildi.
Yig'in davomida 4-5 ta jamoalar bilan sinov-nazorat
o'yinlari tashkil etish rejalashtirilgan. Tashkil etiladigan nazorat o'yinlari
haqida keyinroq sizlarga xabar berib boramiz.
Fikrlar