So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  1 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

"Uzbekistan is a tough team" Yangiliklar

"Uzbekistan is a tough team"

Osiyo Kubogida ekanligimizda terma jamoamiz haqida ko'p iliq fikrlarni eshitdik.

CHetga chiqqanda xorijlik murabbiylar, jurnalistlar va muxlislarning O'zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrini bilishga qiziqaman. Odamlar bizning terma jamoa haqida qanday fikrda ekan degan xayol aslo tinchlik bermaydi. 

BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogi munosabati bilan 20 kuncha shu mamlakatda istiqomat qildik. Bu orada terma jamoamiz to'rtta o'yin o'tkazib, 1/8 finaldan ortga qaytdi. Har bir uchrashuvni turli o'yin uslubiga ega jamoalarga qarshi o'tkazdik: Ummon, Turkmaniston, Yaponiya va Avstraliya. Biz bilan o'ynagan Yaponiya ertaga finalda ham bahs boradi. 

Bu jamoa haqiqatan kuchli ekan. Yo'qsa yarim finalda Eronni 3:0 hisobida mag'lub etishning o'zi bo'ladimi. Bizni musobaqadan chiqarib yuborgan Avstraliya ham o'ziga yarasha kuchli edi. Avstraliyaning BAAga yutqazib qo'ygani, BAAning Avstraliyadan ham kuchli ekanini anglatmaydi. Negaki yarim finalda BAAga haqiqiy bahoni Qatar berib bo'ldi.

SHunchaki Avstraliyaga qarshi bahsda bizning, BAAga qarshi bahsda esa Avstraliyaning omadi kelmadi. Qisqa muddatli turnirga Qatar yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi. Lekin uzoq davom etadigan saralash o'yinlarida Qatardan nimadir kutish qiyin. Ularning baxtiga Qatar navbatdagi jahon chempionatiga mezbon bo'lgani uchun saralash bosqichida ishtirok etmaydi. 

Xullas chetga chiqqandan keyin kim bilan gaplashmay, hamma terma jamoamiz haqida bir gapni aytadi: "Uzbekistan is a tough team". Yani, O'zbekiston - qattiq jamoa. Aslida ham shundaymi? Osiyo Kubogida biz bilan o'yinlarda Ummon va Avstraliyaning qiynalganini ko'rdik. Turkmaniston shundoq ham kuchsiz edi, Yaponiya esa mahorat evaziga zafar quchdi. Aslida-ku, yaponlarga farqi yo'q ekan: bosim bo'lsa-bo'lmasa bir xil o'ynayveradi. 

Yaponiyaning yana bir ustun jihati, zaxiradan kim tushmasin xuddi asosiy tarkibda o'ynab yurgandek bemalol kirishib ketadi. Moslashish uchun vaqt qidirmaydi. Biz bilan o'yinda bu jamoa 10 nafar futbolchisini o'zgartirdi, lekin yaponlar o'sha-o'sha: birinchi tarkibmi, ikkinchi tarkibmi, qog'ozdagi familiyaga qaramaguncha bilib bo'lmaydi. Yaxshisi teng kuchli ikkita tarkib deya qolgan maqul. 

CHetda arablar, koreyaliklar, yaponlar, hatto Avstraliya ham terma jamoamizga hurmat bilan qaraydi. Ularning nazdida O'zbekiston Osiyoda istalgan jamoani yutib qo'yishi mumkin. Men birinchi bor mana shu Osiyo Kubogida ko'rdim: Avstraliyaning bizdan qanchalik xavotirga tushganini. Faqat kuchlilarni engish uchun bizga ayrim jihatlar etishmayapti. 

Kuper birinchi navbatda jamoani uyg'ota bilishi kerak. Yaponiyaga birinchi bo'lib gol urdikmi, hisobni saqlab qolishni o'rgatishi lozim. Bitta chiroyli gol urib keyin ikkita o'tkazgandan nima foyda. Agar jahon chempionati saralash o'yinlari muvaffaqiyatli kechishini xohlasak, Ektor Kuper 90 daqiqa tinim bilmaydigan kurashadigan jamoani shakllantirishi shart. Tarkibga kimni chaqiradi, qaysi taktikani qo'llaydi, bu uning ishi, lekin biz maydonda kurashuvchan jamoani ko'rishni xohlaymiz. 

O'zbekiston qattiq jamoa ekaniga chet elliklar ishonib bo'ldi, endi o'zimiz ham bunga shubha qilmaylik. Jahon chempionatiga tayyorgarlikni esa hozirdan boshlash kerak. Terma jamoamiz Osiyo Kubogida qatnashib kelganidan keyin yana jim bo'lib ketishini xohlamaymiz. 

Oldinda 18-26 martda FIFA kunlari kutib turibdi. Yaponiya hali finalda o'ynamay turib, mart oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishini malum qildi. Bizda esa hozircha jimlik. Bu o'rinda tezroq yillik rejani tasdiqlab (balki tasdiqlangandir), shu asosda ishni davom ettirish kerak deb o'ylaymiz.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика