So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  14 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Uyg'oning, uxlayotganingizda sizni to'nab ketishdi – O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'yini chiptalari sotib bo'lindi Yangiliklar

Uyg'oning, uxlayotganingizda sizni to'nab ketishdi – O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'yini chiptalari sotib bo'lindi

Agarda siz endigina uyg'ongan va ushbu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, unda siz O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi final o'yiniga onlayn chipta sotib olishga kechikdingiz.

Istasangiz iTicket.uz saytiga birrov ko'z yugurtirib keling. Umuman olganda esa ushbu maqolani o'qishda davom etganingiz maqul.

Hikoyani bir boshidan boshlaylik. Kecha "Bunyodkor" stadioni kassalarida final o'yini chiptalari sotila boshladi. Biroq muxlislarning noroziligi tezda ijtimoiy tarmoqlarni egalladi. Ularning so'zlariga ko'ra, "Bunyodkor" stadioni kassalarida faqatgina darvoza ortidagi joylar (25 ming so'mlik chiptalar) uchun chiptalar sotilmoqda. Boshqa qulayroq sektorlar uchun chiptalar kassalarda yo'q. CHiptalar sotuvi boshlanishiga uncha ko'p bo'lmagan bo'lsa ham stadion kassalarida yaxshiroq sektordagi chiptalar qolmagani iddao qilingan. Muxlislarning so'zlariga ko'ra, kassada sotilayotgan chiptalar olibsotarlar qo'lida 2-3 barobar qimmatga sotilmoqda. Tabiiyki, muxlislar chipta ilinjida kassaga intilishadi. Bu esa chiptaxona oldida katta tirbandlikni hosil qildi. Keyin esa milliy gvardiya va ichki ishlar hodimlarni olamonni bostirishga harakat qilishdi va gazdan foydalanishdi. 

Biroq aynan shu holatgacha ham tashkilotchilarni to'liq ayblab bo'lmasdi. Nega? Sababi, chiptalar iTicket.uz saytida ham sotilishi aytilgandi. Deylik kassada nega chiptalar yo'q yoki kam degan savolga aynan iTicket.uz saytidagi sotuvlar bahona bo'lishi mumkin edi.

Biroq, bu taxmin ham noto'g'ri bo'lib chiqdi, afsuski(bu haqida keyinroq batafsil). Kecha kunning birinchi qismida sayt umuman ishlamadi. Kunning ikkinchi qismida esa sayt faoliyati tiklandi. Ammo kecha sayt orqali chipta sotib olishning imkoni bo'lmadi. Saytda sotuvlar "tez orada" boshlanishi yozib qo'yilgandi. Kechga borib O'FA bayonot bilan chiqdi. Emishki, iTicket.uz saytida muammolar yuzaga kelgan va buni to'g'rilashga vaqt kerak. Sayt mamuriyati O'FAga tez orada muammo bartaraf etilishini va chiptalar sotuvi yo'lga qo'yilishini malum qilgan. Biroq haqiqiy tomosha endi boshlanayotgandi.

Uxlayotganingizda sizni to'nab ketishdi

Ha, shunday. Siz va aksariyat o'zbekistonliklar shirin uyqudaligi paytida barcha chiptalar "sotilib" ketdi. Tunga soat ikkigacha iTicket.uz saytini ko'zdan kechirib turdim. Ammo biron yangilik bo'lmadi. Buni qarangki, iTicket.uz sayti mamuriyati muxlislarni azbaroyi o'ylaganliklaridan tonggacha ham kutib o'tirishmadi va chiptalar sotuvini tunning qoq o'rtasidan o'tgandan so'ng boshlab yuborishdi. Ajoyib. Men esa ushbu jarayonni Fan Club Uzbekistan telegram kanalidan bildim. Ushbu kanalda chiptalar sotilayotgani tunggi soat 2:31 da xabar qilingan.


Soat 3:52 da saytga kirganimda esa barcha chiptalar sotib bo'lingandi:

Tasavvur qilyapsizmi? Butun boshli stadion chiptalari tunning qoq o'rtasidan o'tgandan so'ng, bir yarim soat vaqt davomida sotib bo'lindi. Ofarin! 

Nima bu? Hazilmi? SHunaqasi ham bo'lishi mumkinmi? Bu vaziyatda hayolga bir necha variant keladi: 

1. CHayqovchilar chiptalar savdosidan xabar topib (yoki allaqachon xabardor bo'lib), tunda katta miqdorda chipta xarid qilishgan. 

2. CHiptalar umuman sotuvga chiqarilmagan va sayt shu yo'l bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo'lgan.

3. O'zbekistonlik minglab muxlislar futbolni shunchalik sevishadiki, tunni bedor o'tkazib bo'lsa ham iTicket.uz saytida chiptalar sotilishini kutib o'tirishgan. 


O'FA matbuot kotibi Davron Fayziev bergan bayonotda iTicket.uz sayti kecha 10 mingta chipta sotgani qayd etilgan. Iya, iTicket.uz 10 mingta chiptani saytni ishlatmasdan qanday sotgan? Tashkilotchilar bizga iTicket.uz saytiga umumiy miqdorda qancha chipta taqdim qilinganini malum qilishsa ayni muddao bo'lardi. Biz ushbu sondan 10 mingni ayirib, bugun tunda bir yarim soat ichida sayt orqali qancha chipta sotilganini bilib olardik. Ayirma 0 ga teng bo'lsa yoki kichik miqdorga bo'lsa, u holda bu onlayn chiptalar kechaning o'zida "tuya" qilinganini anglatadi.


Endi esa konkret savollarga o'tamiz:

iTicket.uz va O'FA nega saytda aynan qaysi vaqtdan boshlab, muxlislarga qancha chipta sotilishi haqida malumot bermadi?

iTicket.uz sayti nega chiptalarni yarim tundan so'ng sota boshladi?

iTicket.uz saytida chayqovchilikka qarshi kurashuvchi biror himoya chorasi bormidi?

"Bunyodkor" kassalari va iTicket.uz saytiga chiptalar qanday nisbatda va qaysi sektorlar bo'yicha tarqatilgan?

Muammo "Bunyodkor" kassalaridami yoki iTicket.uz saytida? Yoki undanda yuqoriroqdami?

Savollar ko'p. Javoblar esa kam. Berilgan javoblar ham haqiqatga umuman to'g'ri kelmaydi. Kimdir ishlamagan sayt orqali 10 ming dona chipta sotildi demoqda. Boshqa kimdir esa o'nlab hamyurtlarimiz olomon ichida tinimsiz yo'talib qochayotgani aks etgan videolar tarqalsa ham, gaz ishlatmadik, shunchaki tushuntirish berdik demoqda. Inson qadri.

Nima bo'lganda ham ertaga yigitlarimizga bor vujudimiz bilan muxlislik qilamiz. Ertaga baribir stadionga minglab tomoshabinlar kelishadi. Sababi, haqiqiy o'zbek muxlislarining futbolga bo'lgan mehri barchasidan ustun. Balkim ayrim kimsalarga aynan shu narsa qo'l kelayotgandir. Yana kim bilsin...

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin. 

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика