"Uyda Qol" tanlovi start oldi!

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 10:30
O'zbekiston yoshlar ittifoqi, milliy terma jamoa futbolchilari va Championat.asia sayti hamkorlikda otalar va bolalar uchun “Uyda Qol” tanlovini e'lon qiladi!

Uy sharoitdan kelib chiqib, farzandingiz bilan to'p orqali futbol fintlari yoki shunga o'xshash mashqlarni o'tkazing va bizga telegram orqali @championatasiakonkurs botiga yuboring.

15 aprel kuni eng yaxshi 20 ta video egasi tanlab olinadi va kanalda ovozga qo'yiladi.

Uch nafar g'olibga Milliy terma jamoa yulduzlari Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov tomonidan taqdim etilgan mahsus sovg'alar taqdim etiladi.

Sovg'alarni futbolchilarimizni shaxsan o'zlari topshiradilar!
Albatta karantin muddati yakunlanganidan so'ng.

Asosiy SUPER sovg'a!!!

Tanlovda faol bo'lgan 10 nafar o'quvchi Milliy terma jamoa futbolchilari ishtirok etadagan "Yoshlar Ittifoqi" va "Championat.asia" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadilar.

Barcha ma'lumotlar bu yerda

Uyda qoling, zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmang. Chiqsangiz, albatta niqob taqishni unutmang!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia